10:05 / 15.05.2020
3 437

Germaniyada koronavirusga qarshi vaksina sinovida ijobiy natijalar olindi

Germaniyada koronavirusga qarshi vaksina sinovida ijobiy natijalar olindi
Foto: DW
Germaniyada koronavirusga qarshi vaksina sinovida ijobiy natija olingan. Bu haqda “CureVac AG” farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ma’lum qilindi.

Tadqiqotlarda vaksinaning atigi 2 mikrogramm dozasi “SARS-CoV-2“ virusini zararsizlantirish uchun kuchli immunologik reaksiyani yuzaga keltirishi mumkinligi kuzatilgan.

Shu bois “CureVac AG” koronavirusga qarshi ushbu vaksina yozda klinik sinovlardan o‘tkazish boshlanishi rejalashtirmoqda.

Kompaniya bosh texnologiya mutaxassisi, doktor Mariola Fotin-Mlechek bu voqeaga izoh berar ekan “Natijalar vaksinalar sohasida inqilob qilish imkoniyatlarini namoyish etadi“ degan.

Bosh ijrochi direktori doktor Frans Verner-Xaas esa “Bizning tajribamiz va ilg‘or texnologiyalarimiz yordamida hozirgi kabi virus tarqalishiga qarshi kurashishda qodir ekanligimizga hamda yondashuvimiz ko‘plab odamlarni “SARS-CoV-2“ va boshqa sog‘liqqa tahdidlardan himoya qilish uchun eng yaxshi imkoniyatni yaratishga ishonchimiz komilligini ko‘rsatdi“ dedi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada koronavirusga qarshi vaksina sinovida ijobiy natijalar olindi