19:59 / 16.05.2020
1 981

Braziliyaning yangi tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri bir oyga bormay iste’fo berdi

Braziliyaning yangi tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri bir oyga bormay iste’fo berdi
Jair Bolsonaru 16 aprelda koronavirusga qarshi kurashish strategiyasi bo‘yicha bir necha hafta davomida kelisha olmaganidan so‘ng Enrik Mandettani iste’foga chiqargandi.

Bir oycha avval Braziliya sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan Nelson Teysh iste’foga chiqdi. Bu haqda mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, vazir iste’foga chiqqani to‘g‘risida WhatsApp orqali ma’lum qilgan.

Keyingi paytda Teysh va Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru o‘rtasida ijtimoiy izolyatsiya va koronavirusga chalinganlarni davolashda xloroxin dorisidan foydalanish borasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgandi.

Bolsonaru ayrim tibbiy tadqiqotlar xloroxinning samarasizligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bu doridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlagandi.
Teysh sog‘liqni saqlash saqlash vaziri lavozimida bir oy ham ishlamagan ikkinchi mansabdor bo‘ldi.

Bolsonaru 16 aprelda koronavirusga qarshi kurashish strategiyasi bo‘yicha bir necha hafta davomida kelisha olmaganidan so‘ng Enrik Mandettani iste’foga chiqargandi.

Avvalroq Jair Bolsonaru epidemiyani «kichikroq gripp» deb atagan va shtatlar gubernatorlarini cheklov choralari kiritgani uchun tanqid qilgandi.

U 30 aprel kuni Portu-Alegri shahrida generallardan birining sharafiga uyushtirilgan marosimda qatnashdi. Boshqa generallar marosim qahramoni bilan tirsaklari orqali ko‘rishgan bir paytda niqobsiz Bolsonaru barcha bilan namoyishkorona tarzda qo‘l siqishib ko‘rishdi.

Worldometer sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliyada 208 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 14 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyaning yangi tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri bir oyga bormay iste’fo berdi