17:45 / 17.05.2020
2 370

Puerto-Rikoda AQSHga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Puerto-Rikoda AQSHga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
Puerto-Riko gubernatori Vanda Vaskes Gardes mamlakatning yakuniy maqomini belgilash va AQSH tarkibida qo‘shilish to‘g‘risidagi referendumni o‘tkazishga oid qonun loyihasini imzoladi.

Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, ovoz berish jarayonlari 3 noyabr kuniga — oroldagi umumiy saylovlar kuniga belgilangan.

«Puerto-Rikoda istiqomat qilayotgan 3,2 million Amerika fuqarosiga eng oxirgi navbatda bo‘lishdan voz kechish vaqti keldi. To‘liq tenglik!», — deb yozadi gubernator o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Hozirda Puero-Riko AQSH boshqaruvi ostidagi orol bo‘lsa-da, uning ajralmas qismi hisoblanmaydi. Amerika Konstitutsiyasi uning hududida cheklangan. Kongressda Puerto-Riko nomidan birgina delegat mavjud bo‘lib, uning ovoz berish huquqi yo‘q. U prezident saylovlarida ishtirok eta olmaydi.

La nacion’ning yozishicha, ovoz berish blankasida birgina savol bo‘ladi — Puerto-Rikoning AQSH tarkibiga zudlik bilan qo‘shilishi haqida. Nashrning ta’kidlashicha, orolning Qo‘shma Shtatlar hududiga qo‘shilishi borasidagi refendum natijalarini, xususan, kongress ham tasdiqlashi kerak.

2020 yilning yanvarida prezidentlik saylovlari poygasiga qo‘shilgan Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg Puerto-Rikoni AQSHning 51-shtatiga aylantirish borasidagi qonun loyihasini ishlab chiqishga va’da bergandi. Mart oyida esa Blumberg prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan voz kechgan.

2018 yilda kongressga Puerto-Rikoni 51-shtat sifatida qo‘shib olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kirilgan. U tasdiqlanadigan bo‘lsa, Amerika hukumati orolga nisbatan bungacha qabul qilingan qonunlarni bekor qilishi va Puerto-Rikoning AQSHga qo‘shilishini 2021 yil 1 yanvardan kechiktirmay e’lon qilishi kerak bo‘ladi.

Yangi referendum Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shilish uchun so‘nggi sakkiz yil ichida o‘tkazilgan uchinchi ovoz berish jarayoniga aylanishi mumkin. 2017 yilda ko‘pchilik AQSH tarkibiga qo‘shilishni yoqlagan. Biroq Demokratlar partiyasi bunga qarshi chiqqandi. Yana bir referendum 2012 yilda o‘tkazilgan. O‘shanda Amerika shtati maqomi uchun 61 foiz Puerto-Riko aholisi ovoz bergan. Ammo mazkur qarorga Respublikachilar partiyasi qarshi chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Puerto-Rikoda AQSHga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi