00:04 / 18.05.2020
4 403

Amerikalik harbiylar noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq hisobotlarni e’lon qildi

Amerikalik harbiylar noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq hisobotlarni e’lon qildi
Foto: CNN
AQSH Harbiy-havo kuchlari noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq bir nechta hisobotni e’lon qildi. Hisobotlarda uchuvchilar noma’lum uchar jismlar (NUJ) bilan bo‘lgan uchrashuvlar haqida hikoya qilgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Hisobotlar The New York Times tomonidan jo‘natilgan so‘rovga javoban taqdim etilgan. Hisobotlarda 2013 yil 27 iyundan 2019 yil 13 fevralgacha bo‘lgan oraliqda sodir bo‘lgan sakkizta uchrashuv haqida gap boradi. Uchrashuvlarning bir nechtasida noma’lum uchar jismlar uchuvchilarga juda yaqin masofada qayd etilgan.

NUJlar bilan sodir bo‘lgan hodisalar haqida avval ham xabarlar berilgan. Biroq mazkur hisobotlarda aynan uchuvchilar bilan yuz bergan «xavfli vaziyatlar» haqida so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, 2014 yilning 26 mart kuni Atlantika okeani ustida, Virjiniya-Bich shahri yaqinida kumushrang, o‘lchami chamadondek keladigan ob’ekt aniqlangan. Radarning ko‘rsatishicha, bu jism samoyotlarning biridan 305 metr uzoqlikda uchib o‘tgan.

Bir nechta hodisada «Teodor Ruzvelt» aviatashuvchisining harbiy eskadriliyalari ishtirok etgan. F/A-18 Super Hornet qiruvchisining sobiq uchuvchisi leytenant Rayan Greyvsning so‘zlariga ko‘ra, u 2019 yilda Virjiniya-Bich shahri yaqinida ichida kub bo‘lgan sferani eslatuvchi ob’ektni ko‘rgan.

Yana bir hodisa 2013 yil 27 iyunda sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, noma’lum uchar jism oq rangda hamda o‘lchami va shakli bo‘yicha dronga yoki raketaga yaqin bo‘lgan. Biroq o‘sha kuni bu hududda hech qanday dron yoki raketa uchirilmagan.

Aprel oyining oxirida Pentagon o‘z rasmiy saytida noma’lum uchar jismlar parvozi aks etgan videolarni e’lon qildi. AQSH Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, uchta videorolikning bittasi 2004 yilda tasvirga tushirilgan, qolgan ikkita video esa 2015 yil yanvarida olingan. Keyinroq rossiyalik uchuvchi Pentagon e’lon qilgan mazkur videolarni tahlil qilgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik harbiylar noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq hisobotlarni e’lon qildi