11:42 / 18.05.2020
3 112

Qozog‘istonda bir kunda 283 kishida, Qirg‘izistonda 78 kishida koronavirus aniqlandi. Tojikiston qurbonlar soni bo‘yicha yetakchi

Qozog‘istonda bir kunda 283 kishida, Qirg‘izistonda 78 kishida koronavirus aniqlandi. Tojikiston qurbonlar soni bo‘yicha yetakchi
Qozog‘istonda yana 283 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

O‘tgan bir sutka davomida koronavirus aniqlangan yangi bemorlar hisobiga mamlakatdagi jami kasallar soni 6440 kishiga yetdi. Kunlik o‘sish 4,6 foizni tashkil etmoqda. Kasallar soni viloyatlar kesimida quyidagicha taqsimlanmoqda:

- Oqmo‘la viloyati — 1 (0,8 foiz);
- Olmaota viloyati — 3 (1,5 foiz);
- Atirau viloyati — 86 (15,9 foiz);
- Jambil viloyati — 2 (1 foiz);
- G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 13 (4,2 foiz);
- Qarag‘anda viloyati — 18 (7,8 foiz);
- Kostanay viloyati — 1 (0,4 foiz);
- Mang‘istov viloyati — 8 (5,2 foiz);
- Pavlodar viloyati — 3 (1,9 foiz);
- Turkiston viloyati — 19 (9,5 foiz);
- Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 2 (5,6 foiz);
- Olmaota shahri — 46 (2,6 foiz);
- Nur-Sulon shahri — 20 (1,6 foiz);
- Chimkent shahri — 60 (17,3 foiz).
Hozirga qadar Qozog‘istonda COVID-19’ga chalingan 3256 bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan, 34 kishi esa virus qurboniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan telefon orqali koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik va amalga oshirilayotgan ishlar haqida muloqot qildi.

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka davomida yana 78 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi «Kloop.kg».

Xususan, kasallikka chalinganlarning 6 nafari Bishkekda qayd etilgan bo‘lib, ularning 3 nafari Sankt-Peterburgdan kelgan. Bundan tashqari:

- Chuy viloyati — 46 kishi, ularning 43 nafari Sol-Ileskdan kelgan;
- Norin viloyati — 14;
- O‘sh shahri — 5;
- O‘sh viloyati — 6;
- Jalolobod viloyati — 1.
«Sol-Ilesk shahridan kelganlarning barchasi qayta laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazilguniga qadar yuqori xavf tug‘dirgani sabab observatorda saqlangan edi. Aniqlangan 43 holat aynan qayta tekshiruvlar natijasida ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, fuqarolarimiz avval boshidan observatsiya qoidalarida rioya qilmay, yaqin muloqotda bo‘lishgan», — deydi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘zinbosari Nurbolot Usenbayev.

Hozirda Qirg‘iziston bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1216 kishiga yetgan. O‘tgan bir sutka ichida 23 kishi sog‘aygan bo‘lib, butun mamlakatda kasallikdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 827 kishiga yetdi.

O‘tgan bir sutka davomida 4 nafar tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangan, respublikadagi statsionarlardan esa 8 nafar tibbiyot xodimiga javob berilgan. COVID-19 tashxisi qo‘yilgan tibbiyot xodimlarining jami soni 255 kishini tashkil etmoqda, ularning 212 nafari sog‘aygan. Mamlakatda 14 kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Tojikistonda 17 may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 1524 kishiga yetdi. Bu haqda koronavirus haqidagi Yagona milliy portal xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 39 kishini tashkil etmoqda. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida qurbonlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Tojikistonda bundan tashqari, «kvtji.info» sayti orqali COVID-19 oqibatida vafot etayotganlar hisoblab borilmoqda. 17 may holatiga ko‘ra, unda 240 dan ortiq quronlar ro‘yxati keltirilgan. Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu saytdagi ma’lumot ishonchli emasligini va o‘zlari taqdim etgan statistikaga ishonish lozimligini ta’kidlagan.

O‘zbekistonda 18 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2762 nafarga yetdi. Hozirgacha mamlakatda 2247 kishi koronavirusdan sog‘aygan, bemorlarning 12 nafari esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda bir kunda 283 kishida, Qirg‘izistonda 78 kishida koronavirus aniqlandi. Tojikiston qurbonlar soni bo‘yicha yetakchi