15:17 / 20.05.2020
1 897

Qoraqalpog‘istonda 6 bemor qoldi

Qoraqalpog‘istonda 6 bemor qoldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston va Namanganda jami 11 bemor koronavirusdan tuzalgani haqida xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalib chiqqanlarning barchasi erkak bo‘lib, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Sog‘ayganlarning 3 nafari Buxoro viloyatidan, 2 nafari Xorazm viloyatidan, 1 nafari esa Navoiy viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 21 yosh.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shu vaqtgacha 124ta kasallanish holati qayd etilgan, hozirda kasallikdan tuzalganlar soni 118 nafarga yetdi. Ayni vaqtda respublikadagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida yana 6 bemor davolanishni davom ettirmoqda. So‘nggi uch kunda ushbu hududda yangi kasallanish holatlari qayd etilmadi.

Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalib chiqqanlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 1 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (4 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari esa Namangan shahridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 14 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 250ta kasallanish holati qayd etilgan, hozirda tuzalib chiqqanlar soni soni 219 nafarga yetdi. Viloyatda 4 bemor kasallikdan vafot etgan, ayni vaqtda 27 bemor shifoxonada davolanishni davom ettirmoqda. Ushbu hududda so‘nggi to‘rt kunda yangi kasallanish holatlari qayd etilmadi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2349 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qoraqalpog‘istonda 6 bemor qoldi