07:27 / 21.05.2020
2 767

Uhanda yovvoyi hayvonlarni yeyish, ov qilish va sotish to‘liq taqiqlandi

Uhanda yovvoyi hayvonlarni yeyish, ov qilish va sotish to‘liq taqiqlandi
Foto: Aly Song / Reuters
Koronavirus ilk bor qayd qilingan Xitoyning Uhan shahrida yovvoyi hayvonlarni yeyish, ov qilish va sotish to‘liq taqiqlandi. Taqiqlov 5 yil davomida kuchda bo‘ladi.

Bu haqda shahar ma’muriyati ma’lum qilgan. Ushbu qaror koronavirus infeksiyasi hayvonlardan odamlarga yuqqani taxmin qilib kelinayotgani sababli qabul qilingan.

Yovvoyi hayvonlarni iste’mol qilish, ularga ov qilish, noqonuniy savdosi hamda iste’mol qilish uchun tutqunlikda ko‘paytirish to‘liq taqiqlanadi”, deyilgan xabarda.

Jumladan, quruqlikda yashovchi barcha hayvonlar, jumladan davlat tomonidan muhofaza qilinuvchi, tabiiy muhitda o‘sgan, insonlar tomonidan o‘stirilgan yovvoyi hayvonlarni va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilish taqiqlanadi.

Ushbu farmon yo‘qolish xavfi ostida bo‘lgan kamyob hayvonlar hamda iste’mol qilinishi qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan hayvonlarni ham o‘z ichiga oladi.

Bozorlar, internet savdo maydonchalari, do‘konlar va boshqa savdo nuqtalarida yovvoyi hayvonlar savdosiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, birorta tashkilot yoki jismoniy shaxs yovvoyi hayvonlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilishga chaqiruvchi reklama joylashtirishi man qilinadi.

Avvalroq Xitoyning Szilin provinsiyasida koronavirusning avj olishi sababli 108 mln kishi karantinga olingandi. Mahalliy aholi mamlakatda epidemiya tugagan deb hisoblagani sababli bundan sarosimaga tushib qolgan. Koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida provinsiya bilan temir yo‘l va avtobus aloqasi to‘xtatilgan, maktablar yopilgan, qat’iy karantin choralari kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uhanda yovvoyi hayvonlarni yeyish, ov qilish va sotish to‘liq taqiqlandi