07:46 / 21.05.2020
4 540

Fransiyada hijob va niqob “to‘qnashdi”

Fransiyada hijob va niqob “to‘qnashdi”
Fransiyada koronavirus tarqalishining oldini olish uchun hammaning jamoat transportida niqob kiyishi kerakligini ta’kidlandi, bu diniy sabablarga ko‘ra yuzni to‘suvchi kiyimlar kiyishni taqiqlash to‘g‘risidagi munozarani yana keltirib chiqardi.

2010 yilda Nikolya Sarkozi prezident bo‘lganida joriy etilgan taqiq, yuzni niqob va burqa bilan yopishni taqiqlaydi. Burqa yoki niqob kabi yopinchiqni kiyish 150 yevro (162 dollar) jarima yoki fuqarolik ta’limida majburiy ishtirok bilan jazolanadi.

Shu bilan birga, qonun sog‘likni saqlash uchun kiyilgan yuz yopinchiqlarini istisno qiladi.

"Bu ikki xil narsa, – deydi fransuz siyosatshunosi va Florensiya Yevropa universitetining professori Olive Rua.– "Burqa kiyishni taqiqlash Fransiyada 20 yil davomida amal qilib kelgan dunyoviylik siyosatiga taalluqlidir, xuddi shuningdek yuz niqobini kiygan holda yuzini berkitishni qo‘llash burqa taqiqlanishiga qarshi bo‘lgan ba’zi musulmonlarning kulgisiga sabab bo‘lmoqda”.

Mart oyi boshida, kasallik butun mamlakat bo‘ylab tarqalishni boshlaganida, yuzni yopish bilan bog‘liq firibgarliklar haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bir holatda, politsiya kiyimini kiygan qalloblar niqob taqqan xitoylik talabalarni niqob to‘g‘risidagi qonunni buzganliklari uchun o‘sha yerda jarimani to‘lashni buyurishgan.

Fransiya musulmonlari ta’kidlashicha, hozir hammani niqob taqishga majbur qilgan qoidalar sharoitida ham burqani taqiqlagan qonunning amalda bo‘lishi ikki xil standartlar borligini bildiradi.

2013 yilda 300 000 kishi Parijda bir jinslilar nikohiga qarshi chiqib yurish qildi”, deb qo‘shimcha qildi Rua. – “2018 yilda boshlangan sariq kiyimlilar namoyishlari islomga qarshi emas edi, ular iqtisodiy adolatsizlik hissi bilan bog‘liq edi va namoyishchilar orasida musulmonlar ham bor edi”.

"Ushbu ikki yirik harakat yuz minglab odamlarni ko‘chalarga olib chiqdi, ammo Islomning ularga umuman aloqasi yo‘q edi".

"Biz mavzelarni islomlashtirish to‘g‘risida gaplarni davom ettirmoqdamiz, lekin biz bu haqda hech narsa bilmaymiz va bu haqda gapiradigan odamlar ko‘pincha bu borada tajribaga ega emaslar”, deydi Olive Rua.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada hijob va niqob “to‘qnashdi”