09:53 / 21.05.2020
5 567

“Anji” prezidenti: Habibning otasini davolasholmadi

“Anji” prezidenti: Habibning otasini davolasholmadi
“Anji” klubi prezidenti Osman Kadiyev Dog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq holat tobora og‘irlashib borayotganini ma’lum qildi.

- Koronavirusdan Habibning otasini davolasholmadi-yu, qolganlarni gapirmasa ham bo‘ladi. Yaqinda ayollar kurashi bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Magomed Aliomarov koronavirusdan vafot edi. Bular bir umr sport bilan shug‘ullangan baquvvat odamlar. Dog‘istonda koronavirus bilan og‘rimagan birorta tanishim qolmadi, - dedi Kadiyev.

Darhaqiqat, Abdumanap Nurmagomedovning ahvoli yanada og‘irlashgani haqida ma’lumotlar bor. U yana komaga tushgan va mustaqil ravishda nafas ololmagani bois maxsus apparatga ulangan. Kuni kecha Habib Nurmagomedov 20 nafardan ziyod yaqin qarindoshi reanimatsiyaga tushgani va ular orasida vafot etganlari borligini ta’kidlab, odamlarni hushyorlikka chaqirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Anji” prezidenti: Habibning otasini davolasholmadi