11:06 / 22.05.2020
2 529

Perudagi shaharcha meri karantinni buzgani uchun jazodan qochish maqsadida o‘zini o‘lganga soldi

Perudagi shaharcha meri karantinni buzgani uchun jazodan qochish maqsadida o‘zini o‘lganga soldi
Foto: Esteban Saldaña
Perudagi Tantara shaharchasi meri Xayme Ronaldo Urbina Torres koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan komendantlik soati va boshqa karantin choralarini buzgani uchun jazodan qochishga urinib, o‘zini o‘lganga [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA1LzIyL3BlcnVkYWdpLXNoYWhhcmNoYS1tZXJpLWthcmFudGlubmktYnV6Z2FuaS11Y2h1bi1qYXpvZGFuLXFvY2hpc2gtbWFxc2FkaWRhLW96aW5pLW9sZ2FuZ2Etc29sZGk%3D]soldi[/leech].

Comercio mahalliy nashrining yozishicha, mer do‘stlari bilan spirtli ichimliklar ichib o‘tirgani kuzatilgan. Ulfatlarning barchasi shaxsiy himoya vositalarisiz bo‘lgan va ijtimoiy masofaga amal qilmagan.

Mer oldiga politsiya xodimlari tekshiruv bilan kelganda, u do‘stlari bilan koronavirusdan o‘lgandek ko‘rinish maqsadida tobutga yashirinib olmoqchi bo‘lgan. Natijada esa politsiyachilar g‘alati holat guvohi bo‘lishgan: tobutda o‘lik kabi qimirlamay yotgan mer nimagadir himoya niqobida bo‘lgan. Bu ularda shubha uyg‘otgan.

Nashr mer va uning do‘stlari ulfatchilik qilgan joyda ochiq tobut qayerdan kelib qolganiga aniqlik kiritmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Perudagi shaharcha meri karantinni buzgani uchun jazodan qochish maqsadida o‘zini o‘lganga soldi