12:31 / 23.05.2020
2 767

Twitter asoschisi butun boyligini xayriya qilishni rejalashtirmoqda

Twitter asoschisi butun boyligini xayriya qilishni rejalashtirmoqda
Foto: AFP /PRAKASH SINGH
Twitter asoschisi Jek Dorsi butun boyligini xayriya qilishni rejalashtirmoqda. U bu haqda YouTube’da siyosatchi va tadbirkor Endryu Yangga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Men o‘z kompaniyalarim, shaxsiy xayriyalarim orqali yordam berish uchun barcha ishni qilayotganimga ishonchim komil bo‘lishini istayman. Men hayotim davomida barcha pullarimni bu maqsadlarga ajratmoqchiman. Men tirikligimda o‘zgarishlar guvohi bo‘lmoqchiman”, deb aytgan Dorsi.

Ayni vaqtda boyligi 4,7 mlrd dollarga baholanuvchi tadbirkor turli tashkilotlarga 85 mln dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirgan. U o‘z xayriyalari haqida Google-dokument orqali ochiq hisobot berib boradi. Uning ta’kidlashicha, u xayriya jamg‘armasini xarajatlardan qochish uchun tashkil etmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Twitter asoschisi butun boyligini xayriya qilishni rejalashtirmoqda