16:00 / 23.05.2020
2 644

Dunyoga mashhur virusolog: «Vaqt o‘tishi bilan koronavirus mavsumiy kasallikka aylanib qolishi mumkin»

Dunyoga mashhur virusolog: «Vaqt o‘tishi bilan koronavirus mavsumiy kasallikka aylanib qolishi mumkin»
Dunyoga mashhur italiyalik virusolog Julio Tarro koronavirus pandemiyasi qanday asoratlar bilan tugashi bilan bog‘liq uchta variantni ilgari surdi. «Koronavirus Ebola emas, u uchun vaksina talab etilmaydi. Sog‘liqni saqlash tizimi esa intensiv terapiya bo‘linmalarini ikki barobar qisqartirib yuborganlarning aybi bilan inqirozni boshdan kechirmoqda.

Aftidan, koronavirusga qarshi vaksinani kutish ham befoyda. Chunki agar virusda rostdan ham xitoy va padancha kabi turli ko‘rinishlar mavjud bo‘lsa, u holda har ikkisi uchun ham samara beradigan vaksinani yaratish juda qiyin. Bu xuddi vaksinalar grippga qarshi universal samara bera olmasligiga o‘xshaydi.

Bugun odamlar internet orqali ma’lumotlarni izlayapti, men esa hozirgi yoshimda va tajribamning yuqoriligi bois bundan uzoqroq yurishga harakat qilaman. Men Neapolda vabo vibrionini yaratganman, OITS epidemiyasiga qarshi kurashganman va Neapolda bronxitdan aziyat chekkan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘lim darajasini ko‘paytirib yuborgan qora ofat ustidan g‘alaba qozonganman».

Italiyaning axborot bo‘yicha strategiyasi ham ishonarli emas, deb hisoblaydi u: “Vahima — stress o‘chog‘i, stress esa paradoks tarzida immunitet himoyasi pasayishiga olib keladi. Bu barcha ekspertlarga ma’lum va biz Fuqaro mudofaasi berayotgan mazkur befoyda raqamlarni kuzatib boryapmiz. Bu ma’lumotlar aslida hech narsani anglatmaydi: biz kasallanganlarning aniq sonini bilmaymiz, boz ustiga yuqori darajadagi o‘lim holatlariga duch kelmoqdamiz.

Agar biz qator ingliz tadqiqotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, aslida virusga chalinganlar soni ancha ko‘p ekanligining guvohiga aylanamiz: Oksford universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bu barcha aholining 60-64 foizidir; Imperiya kolleji bu kamida 6 mln. kishi ekanligini bildirgan. Ushbu baholarga ko‘ra, o‘lim darajasi juda sezilarli darajada kamayadi. O‘ylashimcha, biz ham Xitoy kabi bu borada 1 foizlik ko‘rsatkichni qayd etamiz”.

Julio Tarro aytayotgan koronavirus pandemiyasi tugashi bilan bog‘liq 3 varinat: 1. Kasallik ilk atipik pnevmoniya kabi umuman yo‘q bo‘lib ketishi mumkin; 2. Yaqin Sharq respiratorlik sindromi kabi yana paydo bo‘lishi mumkin; 3. Parranda grippi kabi mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoga mashhur virusolog: «Vaqt o‘tishi bilan koronavirus mavsumiy kasallikka aylanib qolishi mumkin»