KXDR yetakchisi Kim Chen In uch haftalik tanaffusdan so‘ng, yana jamoatchilikka ko‘rinish berdi, deb yozadi Bloomberg.
Mamlakat yetakchisi Koreya Mehnat partiyasining Markaziy harbiy qo‘mitasida yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda milliy mudofaa kuchlarini mustahkamlash borasidagi masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, Kim Chen In ichki va tashqi siyosat vositalari yordamida yadroviy urushdan saqlanish masalasini ko‘targan.
Biroq majlis qaysi sanada o‘tkazilgani ma’lum qilinmagan. Koreya markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya yetakchisining suratini, shuningdek, 23 may kuni imzolangan buyruqlarni e’lon qilgan.
22 may kuni Yonhap agentligi Kim Chen In oxirgi uch haftadan beri jamoatchilikka ko‘rinish bermagani haqida yozgandi. Janubiy Koreya birlashgan vazirlik vakili Yo Sang-Ki hukumat qo‘shni davlatdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining o‘rtalarida CNN telekanali AQSH KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Daily NK’ning yozishicha, Kim Chen Inda 12 aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq AQSH prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar xato ekanligini bildirib, CNN’ga doim ham ishonavermasligini aytgan. 27 aprel kuni Janubiy Koreya prezidenti maslahatchisi KXDR yetakchisi soppa-sog‘ ekanligini ma’lum qilgan. 2 may kuni esa Shimoliy Koreyada hukmron Mehnat partiyasining matbuot organi bo‘lgan Rodong Sinmun gazetasi Kim Chen Inning o‘g‘it zavodi ochilishida tushgan fotosuratlarini e’lon qilgandi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!