20:01 / 24.05.2020
2 395

Avstraliyadagi delfin odamlarni sog‘indi. U odamlarga sovg‘alar olib kela boshladi

Avstraliyadagi delfin odamlarni sog‘indi. U odamlarga sovg‘alar olib kela boshladi
Avstraliyada delfinlar odamlarni sog‘indi. Delfinlardan biri e’tiborni jalb qilish maqsadida hatto sovg‘alar keltira boshladi, deb yozadi Metro.

Kvinslend shtatida Tin-Kan buxtasi yaqinida kafe bo‘lib, u yerga yettita delfin suzib keladi. Volontyorlarning aytishicha, Mistik laqabli delfin har suzib kelganida o‘zi bilan nimadir olib kelmoqda. Oldin ham u shunday qilardi, biroq keyingi paytlarda bu holat tez-tez takrorlanmoqda.

Delfin burni ustiga chig‘anoqlar, marjonlar, butilkalar, yog‘och bo‘laklarini qo‘ndirib, suzib kelmoqda. Kafeda endi bunday sovg‘alarning kolleksiyasi mavjud.

Volontyorlarning qayd etishicha, Mistikni bunday qilishga hech kim o‘rgatmagan. Ularning fikricha, delfin shu tariqa odamlarni sog‘inayotganini ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Mistik shu alfozda suvni chiqindilardan tozalashga urinayotgani ham taxmin qilinmoqda.

Delfinlarning o‘zini tutishi bo‘yicha ekspert Barri Makgovernning taxmin qilishicha, jonivorlar o‘ta murakkab muloqot madaniyatiga ega. Ehtimol, Mistik ushbu harakatlari bilan o‘zining vaqtini chog‘ o‘tkazishga harakat qilmoqda yoki o‘zi uchun odatiy bo‘lgan oziqlantirish rejimini qaytarmoqchidir.



Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyadagi delfin odamlarni sog‘indi. U odamlarga sovg‘alar olib kela boshladi