06:35 / 25.05.2020
1 890

Oq uy AQSHda JSSTning muqobilini yaratish ustida ish olib borayotgani ma’lum bo‘ldi

Oq uy AQSHda JSSTning muqobilini yaratish ustida ish olib borayotgani ma’lum bo‘ldi
AQSH prezidenti Donald Trampning yordamchilari Davlat departamentida yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi chora ko‘rishga mo‘ljallangan bo‘linmani yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Politico.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi bo‘linmaga koronavirus ishlari bo‘yicha Oq uy ishchi guruhi koordinatori Debora Birks rahbarlik qilishi mumkin. Mazkur bo‘linma prezident Donald Tramp moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ygan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishining bir qismini bajaruvchi «muqobil mexanizm»ga aylanishi kutilmoqda.

Ushbu tashabbusga ko‘ra, Davlat departamenti pandemiyaga tayyorgarlik va kasallik tarqalishiga qarshi turishni nazorat qiluvchi koordinatorni tayinlaydi: vaksina va dori vositalarining butun dunyo bo‘ylab tarqatilishidan tortib, kasallik tarqalishining oldini oluvchi protokollarni ishlab chiqarishgacha.

Mazkur taklif 21 may kuni o‘tkazilgan Milliy xavfsizlik kengashining yig‘ilishida muhokama qilingan va u Davlat departamenti hamda AQSHning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) o‘rtasida qarama-qarshi fikrlarni keltirib chiqargan. Tashabbus USAID’ning noroziligiga sabab bo‘lgan, chunki yangi bo‘linma agentlikning moliyaviy tomonlari va ta’sir doirasiga dahl qilishi mumkin.

USAID vakillaridan birining aytishicha, Davlat departamenti COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi fonida agentlikning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy AQSHda JSSTning muqobilini yaratish ustida ish olib borayotgani ma’lum bo‘ldi