00:07 / 25.05.2020
3 276

Gonkonglik olimlar sun’iy ko‘z ixtiro qilishdi

Gonkonglik olimlar sun’iy ko‘z ixtiro qilishdi
Gonkong fan va texnologiyalar universiteti muhandislari bionik ko‘z yaratishdi. Hozirgi vaqtda kashfiyot zaruriy sinovlardan o‘tgan bo‘lib, bir qator ko‘rsatkichlarda insonning ko‘rish qobiliyatidan ham oshib ketgan.

Qurilma yorug‘likka sezgir nanosimchalardan tayyorlangan uch o‘lchovli sun’iy to‘r bo‘lib, ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, simlar miyaning vizual korteksini taqlid qiladi.To‘plangan vizual ma’lumotlar esa sensorlar tomonidan kompyuterga uzatiladi.

Qurilmaning sezgirligi insonning ko‘rish organidanda yuqori bo‘lib, unga vizual yorug‘lik hamda infraqizil nurlanish holatida ham ishlashga imkon beradi. Ya’ni, zulmatda ham ko‘rishda davom etadi.

Shu bilan birga, qurilma yorug‘lik o‘zgarishlariga tez “javob qaytaradi” va qisqa vaqt ichida har qanday vaziyatga moslasha oladi.

Ma’lum qilinishicha, sun’iy ko‘zning to‘r pardasining har kvadrat santimetrida 460 million nanoo‘lchamli sensorlar mavjud. Odamning to‘r pardasida esa ushbu ko‘rsatkich taxminan 10 millionni tashkil etadi.

Olimlar kelajakda bionik ko‘zni insonning ko‘rish tizimiga ulashni rejalashtirishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gonkonglik olimlar sun’iy ko‘z ixtiro qilishdi