23:00 / 25.05.2020
3 674

Yangi Zelandiya bosh vaziri jonli efirda intervyu berayotganida zilzila yuz berdi (video)

Yangi Zelandiya bosh vaziri jonli efirda intervyu berayotganida zilzila yuz berdi (video)
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern jonli efirda intervyu berayotgan vaqtida zilzila qayd etildi, deb yozadi The Guardian.

«Bizda kichik zilzila yuz berdi. Odatiy yer silkinishi, agar siz orqamdagi narsalar qimirlayotganini ko‘rayotgan bo‘lsangiz, parlament binosi kuchliroq silkinayotgan bo‘ladi», — deb hazillashdi bosh vazir.

Qayd etilishicha, mamlakat fuqarolari tez-tez bo‘lib turadigan zilzilalarga ko‘nikib ketgan. Bu safar 5,9 balli zilzila Levin shahridan 30 kilometr uzoqlikda 37 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiya bosh vaziri jonli efirda intervyu berayotganida zilzila yuz berdi (video)