21:23 / 26.05.2020
2 580

Fransiyalik shifokor koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan gidroksixloroxin xavfsiz ekanligini ta’kidladi

Fransiyalik shifokor koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan gidroksixloroxin xavfsiz ekanligini ta’kidladi
Foto: Getty Images
Dide Raultning ta’kidlashicha, agarda miqdorda qattiq adashiladigan bo‘lsa, gidroksixloroxin darhaqiqat sog‘liq uchun xavfli.
Fransiyalik taniqli mikrobiolog Dide Rault koronavirusga chalinganlarni davolashda qo‘llanilayotgan gidroksixloroxin o‘lim xavfini oshirishi to‘g‘risidagi tadqiqot xulosasiga qo‘shilmasligini aytdi.

Shifokorning tvitterda yozishicha, u gidroksixloroxin va azitromitsin birikmasidan foydalanmoqda, natijada uning Marseldagi tadqiqot klinikasida bemorlar o‘limi 0,5 foizni tashkil etmoqda.

"Bu dunyodagi eng past ko‘rsatkich. Men klinikamizdagi 4 mingga yaqin bemorning davolanish natijalariga emas, shubhali "katta ma’lumot"ga (Big Data) ishonishim lozim deb o‘ylamasangiz kerak. Unda davolash kurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar chalkashib ketgan, bemorlarga qancha miqdorda dori berilgani hisobga olinmagan", - deb yozdi Rault..

U Lancet tibbiyot nashrida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga nisbatan ana shunday fikr bildirdi. Tadqiqot mualliflari yuzlab kasalxonalardagi 96 ming bemorning davolanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, gidroksixloroxin koronavirusga chalinganlarda o‘lim xavfini oshiradi degan xulosaga kelgandi.

Rault shuningdek, bunday tadqiqotni o‘tkazishning o‘zi noto‘g‘ri bo‘lganligini, tadqiqot mualliflari bemorlarni shaxsan ko‘rmagani, davolash bilan bog‘liq barcha jihatlarni bilmasliklarini ta’kidladi.

Fransiyalik professorning ta’kidlashicha, agarda miqdorda qattiq adashiladigan bo‘lsa, gidroksixloroxin darhaqiqat sog‘liq uchun xavfli.

"O‘nlab yillardan beri ortiqcha muammolarsiz foydalanib kelayotgan dorilarimizni yo‘q qilib, bir necha baravar qimmat va samarasiz yangi dorilardan foydalanishimiz kerakmi?", - deya savol berdi u.

U o‘z klinikasidagi davolash natijalari haqida so‘zlarkan, barcha hujjatlarni tekshirish va koronavirusni davolash bo‘yicha u tanlagan usul ish berayotganiga ishonch hosil qilish mumkinligini bildirdi.

Dide Rault yuqumli kasalliklar bo‘yicha dunyodagi taniqli mutaxassislardan hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyalik shifokor koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan gidroksixloroxin xavfsiz ekanligini ta’kidladi