07:57 / 27.05.2020
3 971

JSST koronavirusning “ikkinchi avji”dan ogohlantirdi

JSST koronavirusning “ikkinchi avji”dan ogohlantirdi
Koronavirusga chalingan bemorlar soni kamaygan mamlakatlarda karantin choralari juda yumshatib yuborilsa, “birinchi to‘lqinning ikkinchi avji” kuzatilishi mumkin. Bu haqda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)da bo‘lib o‘tgan birifingda tashkilotning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi rahbari Maykl Rayan ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Markaziy va Janubiy Amerika, Afrika va Janubiy Osiyodan kelayotgan ma’lumotlarga qaralsa, dunyo koronavirusning ikkinchi to‘lqinini boshdan kechirmayotgani, balki birinchi to‘lqinning o‘rtalarida ekani ayon bo‘ladi.

Maykl Rayan epidemiyalar to‘lqinlar shaklida o‘tishini, bu esa kasallik bir necha oydan keyin ayni joyda yana paydo bo‘lishi ehtimoli borligini anglatishini va kasallik tarqalishining bir to‘lqinida bir necha avjlar bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Jon Xopkins universiteti ma’lumotiga qaraganda, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni qariyb 5,5 millionga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST koronavirusning “ikkinchi avji”dan ogohlantirdi