Koronavirusga chalingan bemorlar soni kamaygan mamlakatlarda karantin choralari juda yumshatib yuborilsa, “birinchi to‘lqinning ikkinchi avji” kuzatilishi mumkin. Bu haqda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)da bo‘lib o‘tgan birifingda tashkilotning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi rahbari Maykl Rayan ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Markaziy va Janubiy Amerika, Afrika va Janubiy Osiyodan kelayotgan ma’lumotlarga qaralsa, dunyo koronavirusning ikkinchi to‘lqinini boshdan kechirmayotgani, balki birinchi to‘lqinning o‘rtalarida ekani ayon bo‘ladi.
Maykl Rayan epidemiyalar to‘lqinlar shaklida o‘tishini, bu esa kasallik bir necha oydan keyin ayni joyda yana paydo bo‘lishi ehtimoli borligini anglatishini va kasallik tarqalishining bir to‘lqinida bir necha avjlar bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Jon Xopkins universiteti ma’lumotiga qaraganda, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni qariyb 5,5 millionga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi