21:00 / 27.05.2020
2 167

Tramp ijtimoiy tarmoqlarni yopib yuborish bilan tahdid qildi

Tramp ijtimoiy tarmoqlarni yopib yuborish bilan tahdid qildi
Foto: Carlo Allegri
AQSH prezidenti Donald Tramp konservativ qarashlar tarafdorlariga qarshi qilingan manipulyatsiyalar tufayli ijtimoiy tarmoqlarni yopishga qaror qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Uning ta’kidlashicha, respublikachilar partiyasi a’zolari ijtimoiy tarmoqlar konservatorlarning ovozlarini butunlay o‘z soyasida qoldirib ketdi, degan fikrda. «Biz ularning faoliyatini qat’iy nazoratga olamiz yoki butunlay yopib yuboramiz», — degan Tramp.

AQSH rahbarining qo‘shimcha qilishicha, ularning 2016 yilda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlaridan so‘ng buning takrorlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Avvalroq Tramp Twitter’ni saylov jarayonlariga aralashganlikda ayblagan edi.

AQSH prezidentlik saylovi 2020 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Donald Trampga raqib sifatida AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ijtimoiy tarmoqlarni yopib yuborish bilan tahdid qildi