07:30 / 28.05.2020
2 521

Moskvada karantin rejimi 14 iyungacha uzaytirildi

Moskvada karantin rejimi 14 iyungacha uzaytirildi
Foto: Vladimir Gerdo/TASS
Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish, ruxsatnoma rejimi va boshqa cheklov choralari 14 iyungacha uzaytirilishi to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, sport, tomosha va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi.
Shu bilan birga, shaharda 1 iyundan cheklov choralarini yumshatishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

"1 iyundan cheklov choralarini yumshatishning ikkinchi bosqichini boshlaymiz, uning doirasida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘plab korxonalar o‘z ishini boshlaydi, shahar aholisi esa cheklovlar bilan bo‘lsa ham sayr qilishga chiqa oladi", - deyiladi Sobyaninning blogida.

Xabar qilinishicha, Moskvada Zaryade parkidan boshqa barcha parklar va yashil hududlar ochiladi.

Sobyaninning ma’lum qilishicha, teatr, muzey, sartaroshxona, restoran va fitnes-klublarni ochishga hali erta.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada koronavirusga chalinganlar soni 171,4 mingdan ortiq bo‘lib, 2183 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada karantin rejimi 14 iyungacha uzaytirildi