08:00 / 28.05.2020
3 507

Ramzon Qodirov koronavirusga chalingani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi

Ramzon Qodirov koronavirusga chalingani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
Foto: IZVЕSTIYA/Pavel Bednyakov
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov ommaviy axborot vositalarida koronavirusga chalingani haqida paydo bo‘lgan axborotni rad etdi. U bu haqda Instagram’dagi jonli efirda ma’lum qildi.
Jonli efirni “Grozniy” telekanali direktori, Qodirovning yordamchisi Ahmad Dudayev olib borgan.

Agar kasal bo‘lgan bo‘lsam ham, dunyoda millionlab odamlar koronavirusga chalindi, o‘n minglab odamlar vafot etdi, nima men odammasmanmi? Kasal bo‘lishga haqqim yo‘qmi? Tomchi dori qo‘ydirib, immunitetimni oshirib olishga haqqim yo‘qmi? Men mutlaq sog‘lom odamman”, deb aytgan Qodirov.

Uning ta’kidlashicha, u Ramazon hayitini uyda izolyatsiya holatida o‘tkazgan.
Shuningdek, Qodirov pandemiya boshidan beri yon atrofdagilarini xavfga qo‘ymaslik uchun muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tmoqda.

Odamlar bilan muloqot qilishim sababli, virus yuqtiruvchisiga aylanmaslik uchun pandemiya boshidan beri 2 marta kompyuter tomografiyasi qildirdim, bir necha marta qon tahlili topshirdim, oddiy tahlillarni topshirmoqdaman. Qolgan odamlar kabi qo‘limdan kelgancha kasal bo‘lmaslikka harakat qilmoqdaman. Har bir odam sog‘lom qolish uchun imkoni bor ishni qilishi lozim”, deb ta’kidlab o‘tgan Checheniston rahbari.

Qodirov OAVda Moskvadagi markaziy klinik shifoxonaga yotqizilgani haqida tarqalgan xabarlarga izoh berib, har yil u yerda dispanserizatsiyadan o‘tib turishini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, bir kun avval OAVda Qodirovning qo‘lida kateter borligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan. Dudayevning iltimosiga ko‘ra, Checheniston rahbari jonli efirda qo‘llarida hech qanday tibbiy aralashuv izlari yo‘qligini namoyish qilgan.

Bir necha kun avval Ramzon Qodirov koronavirusga chalingani va shu sababli Moskvaga keltirilgani haqidagi axborot tarqalgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzon Qodirov koronavirusga chalingani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi