23:05 / 28.05.2020
2 676

«Lab bo‘yog‘i indeksi»: koronavirus ayollar modasida burilish yasayapti...

«Lab bo‘yog‘i indeksi»: koronavirus ayollar modasida burilish yasayapti...
Foto: «Mk.ru»
Fransuz kosmetika riteylerlari «lab bo‘yog‘i indeksi»ni bugungi kun uchun dolzarb ko‘rsatkichga almashtirish taklifini bildirishdi.
«Lab bo‘yog‘i indeksi» (Pomada indeksi)dan foydalanishni 2001 yili «Estée Lauder» rahbari Leonardo Lauder taklif qilgan bo‘lib, u inqiroz davrlarida kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar savdosi tushib ketishi barobarida pardoz-andoz buyumlariga talab oshishini ko‘rsatadi.

Koronavirus pandemiyasi shu indeks tamoyillarini ham izdan chiqarib yubordi: hamma niqob taqishga o‘tgani uchun lab bo‘yog‘i keraksiz matohga aylanib qoldi. Ammo kiprik bo‘yaydigan tushlarga talab har qachongidan-da oshyapti...

Rossiyadagi kosmetika bo‘yicha tarmoq riteylerlaridan biri «Pod’yom» nashriga ma’lumot berishicha, ushbu tovar aprel-may oylarida top-10 mahsulot ro‘yxatidan joy olgan. Lab bo‘yog‘i esa xuddi shu davrda xaridorlarini yo‘qotgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Lab bo‘yog‘i indeksi»: koronavirus ayollar modasida burilish yasayapti...