10:53 / 31.05.2020
4 446

Rossiyada koronavirusdan birinchi dori qo‘llash uchun ma’qullandi

Rossiyada koronavirusdan birinchi dori qo‘llash uchun ma’qullandi
Foto: IZVЕSTIYA/Pavel Bednyakov
Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan birinchi dori - “Avifavir” Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’qullandi. U 11 iyundan Rossiya shifoxonalariga tarqatiladi.

Ushbu dori vositasi Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ivestitsiyalar jamg‘armasi va “XimRar” kompaniyalari guruhi tomonidan Yaponiyaning “Favipiravir” dorisi negizida ishlab chiqilgan.

Biroq “Avifavir”ning tadqiqotlari yoz oxirigacha davom etadi. U shifoxonalarga shartnomalar bo‘yicha tarqatiladi va erkin savdoga chiqarilmaydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiyada hozirgacha koronavirusni davolash uchun maxsus dorilar yo‘q edi. Asosan immun tizimi javobini chaqiruvchi dorilar, misol uchun bezgak yoki artritga qarshi qo‘llanuvchi gidroksixloroxinning aminoxinolin hosilalaridan foydalanilgan.

“Favipiravir” esa aynan RNK-saqlovchi viruslar chaqiruvchi yuqumli kasalliklarni davolash uchun ishlab chiqilgan. U gripp viruslari, jumladan parranda grippiga qarshi samarali ekanini ko‘rsatgan. Dori viruslar tarqalishini bloklaydi.

Ta’kidlanishicha, “Avifavir”ning koronavirusga qarshi samaradorligi 80 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi, biroq Yaponiyada “Favipiravir”ning samaradorligini isbotlay olmay, uning qo‘llanishi qoldirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirusdan birinchi dori qo‘llash uchun ma’qullandi