17:25 / 31.05.2020
3 625

Pandemiyadan qochish uchun eng yaxshi joy

Pandemiyadan qochish uchun eng yaxshi joy
Foto: «Ictsd»
«The Washington Post» gazetasi Gruziyani «koronavirus pandemiyasidan qochish uchun kurort»ga qiyosladi. Mamlakat haqidagi maqola gazetaning 30 may sonida chiqdi.

Maqolada xorijiy sayyohlar uchun chegaralarini ochayotgan mamlakatlar orasida Gruziya koronavirus nuqtai nazaridan nisbatan xavfsizligi yozilgan. 30 may holatiga, Gruziyada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha jami 757 holat aniqlangan bo‘lib, shundan 600 nafari (79 foiz) tuzalib ketgan.

Amerikalik jurnalistlar Gruziyada sayyohlar uchun «yashilga hududlar» tashkil etilayotgani, bu yerda virusni yuqtirish ehtimoli minimumga tushirilgani, «pandemiyadan dam olish» mumkinligini yozishgan.

Ma’lumot uchun: Gruziya chet ellik sayyohlarni 15 iyuldan qabul qilishni boshlashni rejalashtirgan. 2020 yilda sayyohlar oqimi uncha katta bo‘lmasligi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pandemiyadan qochish uchun eng yaxshi joy