18:09 / 31.05.2020
2 804

7 kunda 7 milliard ishlab topgan boylar

7 kunda 7 milliard ishlab topgan boylar
Foto: «AP Photo»
«Forbes» jurnali 21 — 28 may kunlari — bir haftada hammadan ko‘p pul ishlab topgan investor va tadbirkorlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Birinchi o‘rinni «Louis Vuitton Moët Hennessy» kompaniyalar guruhi rahbari Bernar Arno egalladi. Uning boyligi bir haftada 8,1 milliard dollarga ko‘payib, yana 100 milliard dollardan oshib ketdi.

Uning ortidan «Inditex» xolding benefitsiari va asoschisi (Zara brendiga egalik qiladi) Amansio Ortega bormoqda. U xazinasiga 4,9 milliard dollar qo‘shib qo‘ydi. Kuchli uchlikka afsonaviy investor Uorren Baffet yakun yasab berdi. U 7 kunda 3,9 milliard dollar ishlab topdi.

Keyingi pog‘onalarni «Kering» xo‘jayini Fransua Pino, «L’Oreal» hamraisi Franusaza Betankur-Mayers, «Uniqlo» asoschisi Tadasi Yanai va «Keyence» kompaniyasi asoschisi Takemitsu Takidzaki zabt etishgan.

Ro‘yxatga, shuningdek, «Luxottica» asoschisi Leonardo del Vekkio, «Grupo Carso» egasi Karlos Slim va «3G Capital» asoschisi Xorxe Paolo Lemann kiritilgan. Ular bir hafta ichida jami 33,6 milliard dollar sof foyda ko‘rishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 7 kunda 7 milliard ishlab topgan boylar