00:30 / 02.06.2020
3 127

AQSHda norozilik namoyishlari uzr so‘rash bilan yakunlandi (foto, video)

AQSHda norozilik namoyishlari uzr so‘rash bilan yakunlandi (foto, video)
Ma’lumki, bir necha kundan buyon AQSHda fuqarolarning norozilik namoyishlari davom etmoqda. Bu norozilik xatti-harakatlariga 25 may kuni Minnesota shtatining Minneapolis shahrida politsiyachining qora tanli shaxs ustidan samosud amalga oshirgani va unga zo‘ravonlik ishlatib kutilmaganda o‘ldirib qo‘ygani sabab bo‘lgan.

Xalq namoyishga chiqib, politsiyachilarning avomashinalarini sindirib, yoqa boshlashdi. Bu tartibbuzarliklar jamiyat tinchini buzib, rahbar organlarni havotirga solib qo‘ydi. Shu sababli ushbu shaharlarda komendantlik soati joriy etilgandi. Bular haqida avvalgi maqolalarda batafsil yoritganmiz.

Bugun amerikalik politsiyachilar o‘z hamkasblarining qilgan qotilligi uchun xalq oldida tiz cho‘kib, kechirim so‘ramoqda. Ushbu rasmlarda bu jarayondan lavhalar aks etgan.

Xalq to‘fondir, xalq kuchdir, ammo uning ko‘ngli juda bo‘sh... "Bo‘ldi, bas qiling, menga havo yetmayapti!" deb nola qilgan anglo-amerikalik fuqaro esa yirtqich politsiyachining toshday zil poyabzali ostida o‘lib ketdi. Afsus, u endi qaytmaydi...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda norozilik namoyishlari uzr so‘rash bilan yakunlandi (foto, video)