00:23 / 03.06.2020
3 269

Yana ruslar. Amerika g‘alayonida Moskvani ayblashdan kimga foyda

Yana ruslar. Amerika g‘alayonida Moskvani ayblashdan kimga foyda
AQSHdagi tartibsizliklar Moskva fitnasi sabab vujudga keldi va namoyishchilar "rus o‘quv qo‘llanmasiga" qat’iy rioya qilgan holda politsiya uchastkalarini vayron qilishmoqda. Bunday da’volar milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchi Syuzan Rays tomonidan bildirilgan. Dalillarning o‘rniga, u o‘zining tajribasi va intuitsiyasiga tayanishni taklif qildi. RIA Novosti nima amerikaliklar hamma joyda "Rossiya izi"ni ko‘rishini o‘rgandi.

Noroziliklardan tortib talonchilikkacha
Los-Anjelesdagi savdo markazlari hozirda karantinda. Kaliforniya hukumati ularni iyun oyida ochishni rejalashtirgan. Ammo talonchilar bu ishi birinchi bo‘lib bajardilar. Endi hashamatli butiklarning eshik va derazalari singan, hamma narsa talon-taroj qilingan. Vayronchilar maishiy texnika, kiyim-kechak, mebel va hatto oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketishgan. Politsiya vertolyotlari vahshiyliklarni tepadan suvni to‘kib to‘xtatishga urinishdi. Ammo bu olomonning g‘azabini bosmadi.

Politsiya hibsga olayotganda afroamerikalik Djorj Floydning o‘limidan keyin boshlangan norozilik namoyishlari Minneapolis ortidan Vashington, San-Fransisko, Portlend, Mayami, Indianapolis, Filadelfiya va Atlantani qurshab oldi. Fojiali voqeaga bevosita aybdor Derek Chovin ishdan bo‘shatildi, tergov olib borilmoqda. Ammo namoyishchilar nafaqat huquq-tartibot xodimini jazolashni, balki AQSHda tizimli irqchilikka chek qo‘yishni talab qilmoqdalar. "Adolat bo‘lmasa - tinchlik bo‘lmaydi! Politsiyaning zulmiga yo‘q!" – deb baqiradi namoyishchilar.

Ko‘pchilikning qo‘lida Floydning "Men nafas ololmayapman" degan oxirgi so‘zlari yozilgan plakatlar. Yuzlab odamlar asfaltga yotib, bu iborani takrorlashdi. Ammo tinch harakatlar tez orada to‘qnashuvlarga, so‘ngra tartibsizliklar va talonchiliklarga aylandi.

Katta shaharlarda komendantlik soati e’lon qilindi - bu yordam bermadi. Vashingtonda namoyishchilar Oq uyni o‘rab olib, ichkariga kirishga harakat qilishdi. Nyu-Yorkda olomon yigirmata politsiya mashinasini toshbo‘ron qilib, yoqib yubordi. Portlendda g‘alayonchilar sud binosiga o‘t qo‘yishdi.

Fuqarolik jamiyatiga tahdid
Dastlab, AQSHda ko‘pchilik namoyishchilarga xayrxohlik bildirdi. Mahalliy hokimiyat fitnachilarga e’tibor bermaslikka harakat qildi, politsiyani kuch ishlatmaslikka chaqirdi. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari tomon yonuvchi suyuqlik uchishni boshlaganida, boshqa bardosh berib bo‘lmadi.

Minnesota gubernatori shtatga Milliy gvardiyani kiritdi, Los-Anjelesda ham harbiylar yordamiga tayanishga to‘g‘ri keldi. Ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar otildi.

"Minneapolisda ro‘y berayotgan voqealar endi Floydning o‘limi bilan bog‘liq emas. Talon-tarojlar fuqarolik jamiyatiga tahdid solmoqda va bizning shaharga qo‘rquvni solmoqda, uning hayotiga halaqit bermoqda", - deya tushuntirdi gubernator Tim Vals.

Donald Tramp yanada keskinroq munosabat bildirdi. Prezident Floydning o‘limi "Amerikaliklarda dahshat, qayg‘u va g‘azabni chiqargan fojia" ekanligini tan oldi. Ammo u o‘z vaqtida olomonni tinchlantirmagan shtatlar rasmiylarini tanqid qildi. U namoyishchilarni "banditlar" deb atadi, kuch ishlatishni ma’qulladi. Radikal chap guruhlarni esa qo‘zg‘ashda ayblab, ularni taqiqlashga chaqirdi.

Yakshanba kuni xavfsizlik xizmati davlat rahbarini Oq uyning yer osti bunkeriga o‘tkazdi. Prezident u yerdan tahdid o‘tib ketgandan keyin chiqdi.

Aydorlarni qidirish
Juda tez fursatlarda tartibsizliklarda Rossiya izini "topishdi". "O‘tgan galgi saylov kampaniyasida ruslar qora faollarga aylandi. Men ularni talon-tarojlarga aloqadorligini istisno qilmayman", - dedi Yangi Orlean meri Mark Morial CNN telekanali efirida. Mer Moskvaning 2016 yilgi saylovlarga aralashishini aniqlay olmagan uzoq muddat kechgan tergov haqida indamadi.

Bir necha kundan keyin estafetani Barak Obama ma’muriyatining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Syuzan Rays qabul qildi. CNN telekanalida u namoyishchilar "rus qo‘llanmasi" bo‘yicha harakat qilganini aytdi.

"Tinch namoyishchilar ham bor. Ular adolatsizlik va tengsizlikka qarshi. Ammo norozilik kun tartibini qo‘lga kiritishga uringan provokatorlar ham bor. Tajriba menga ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaning taktik sxemalari to‘plamiga muvofiq harakat qilishlarini aytmoqda", - dedi Rays.

"Rossiya izi"ni qidirishga o‘tar ekan, Amerika OAVlari Moskvaga qarshi yana bir ayblovni esga olishdi. Bir necha yil oldin Vashingtonda rus xakerlari Black Lives Matter harakatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlashgan. Uning faollari ham politsiyaning zulmlariga qarshi chiqishgan.

Tramp "Rossiya izi" haqidagi munozaralarni tanqid qildi. Prezident CNN buni reytinglarini ko‘tarish maqsadida qilayotganini taxmin qildi.

Moskvada ham jim turishmadi. Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya "hech qachon Amerika ishlariga aralashmagan va hozir ham aralashmoqchi emas" deya ta’kidladi.

Amerikaning qutblarga bo‘linishi
Amerika jamiyati o‘ta darajada qutblarga bo‘linib ketgan. Iqtisodiyot oliy maktabining Yevropa va xalqaro majmuaviy tadqiqotlar markazi direktorining o‘rinbosari Dmitriy Suslov bu bilan noroziliklarning ommaviyligini tushuntiradi. Bari gap Donald Trampning hokimiyat tepasiga kelishi bilan kuchaygan qadriyatlar bo‘linishida.

"Ba’zi amerikaliklar liberal qadriyatlarga amal qiladi, ba’zilari konservativ. Emigratsiya tarafdorlari ham bor, ammo Meksika bilan chegarada devor qurishni qo‘llab-quvvatlovchilar ham ko‘p. Bunga globalistlar va proteksionistlar o‘rtasidagi mojaroni qo‘shamiz. Minneapolis, irqiy muammoni ham esga soldi. Bir "qozonda" oq tanlilar ham qora tanlilar ham bir vaqtda kaynay olmadi, qora tanlilar jamiyatning to‘laqonli qismiga aylana olmadi", - deb tushuntiradi Suslov RIA Novostiga.

Koronavirus pandemiyasi, mutaxassisning fikriga ko‘ra, afroamerikaliklarning zaifligini ochib qo‘ydi. "Qora tanlilar orasida infeksiyadan o‘lish darajasi ancha yuqori. Ehtimol, bu ularning tibbiyotga yetishi cheklanganligi bilan bog‘liq. Afroamerikaliklar oq tanlilarga qaraganda daromadlari pastligi sababli qimmat davolanishga qodir emas", - deydi Suslov.

G‘amlab qo‘yilgan ayblovlar
Siyosatshunos hukumat rasmiylarining “rus izi”ning izlanishini ichki qarama-qarshiliklarni tan olishni istamasligi bilan bog‘laydi. "Amerika elitasi jamiyatni sog‘lom deb hisoblaydi. Barchasini Tramp va ruslar buzmoqda. Agar Tramp olib tashlanib, “rus izi” yo‘q qilinsa, mamlakat o‘z iziga tushadi. Ammo shaharlardagi tartibsizliklar bu me’yor allaqachon o‘tib ketganligini ko‘rsatmoqda. Hech kim jiddiy islohotlar kerakligini tan olmayapti", - deydi Suslov.

Siyosatshunosning fikricha, Raysning chiqishini saylovoldi kampaniyasi yo‘nalishidagi chiqish deb qabul qilish kerak. "Sobiq rasmiy Jo Bayden navbatdagi prezident bo‘lsa, uning jamoasiga qo‘shilishni rejalashtirgan deb taxmin qilishimiz ham mumkin. Moskvaga qarshi ayblovlar - go‘yoki Kreml bilan kelishib harakat qilayotgan Trampga demokratlar bosimining davomidir", - deydi ekspert.

Suslov Baydenning g‘alabasi amalga oshsa, navbatdagi "Rossiya ishi"ning boshlanishi mumkinligini istisno qilmaydi. "Amerikaliklar darhol Moskvani saylovga ta’sir qilish niyatida ekanlikda aybladi. Endi bu shubhalar kuchaymoqda. Kongressdagi demokratlar Minneapolisdagi bosqinlar uchun sanksiyalarni taklif qilishlari mumkin. U yog‘iga battar bo‘lishi mumkin. Bayden esa umuman Moskvani Amerika jamiyatini yo‘q qilishga urinishda ayblashi mumkin va buni saylov tezislaridan biriga aylantirishi mumkin", - deb taxmin qiladi siyosatshunos.

Ekspertning fikriga ko‘ra, tashqi raqibni izlash na Rossiya-Amerika munosabatlariga, na xalqaro xavfsizlik tizimiga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, odatiy mafkuraviy stereotiplardan foydalanishga urinish Amerikaning o‘zi uchun xavflidir: bo‘ronni keltirib chiqargan sabablar kabi, noroziliklar ham haqiqiydir. Ammo "Rossiya izi"ga ishoralar hech narsani hal qilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yana ruslar. Amerika g‘alayonida Moskvani ayblashdan kimga foyda