08:00 / 03.06.2020
2 979

Koronavirusga qarshi vaksinani sinab ko‘rgan jurnalist o‘zini qanday his qilganini so‘zlab berdi

Koronavirusga qarshi vaksinani sinab ko‘rgan jurnalist o‘zini qanday his qilganini so‘zlab berdi
Foto: «independent.co.uk»
Britaniyalik jurnalist Jek Sommers «The Independent» gazetasida koronavirusga qarshi vaksinani sinab ko‘rgandan so‘ng o‘zini qanday his qilganini gapirib berdi. U bir oycha oldin sinovning birinchi bosqichida ishtirok etgandi. Uning sinovni qanday o‘tkazganligi hamda noxush ta’sirlar haqidagi hikoyasi bilan nashr saytida to‘liq tanishishingiz mumkin.

Sommersning aytishicha, qatnashishga ariza topshirish uchun alohida bank hisobini ochishiga (shifoxonaga besh marta qatnagani uchun reportyor 235 funt olgan, 3 million so‘m atrofida), o‘zining hamda oilasining sihat-salomatligi haqida onlayn-so‘rovnomadan o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Shundan so‘ng u shifoxonaga borish uchun taklifnoma olgan.

Avvaliga jurnalist tahlillar topshirgan, barcha zarur hujjatlarni to‘ldirgan va o‘rgatuvchi videoni tomosha qilgan. So‘ngra uyiga qaytib, arizasining ma’qullanishini kutgan. «Do‘st va yaqinlaringizning tinimsiz savollariga hamda sinov paytida koronavirusni yuqtirib qo‘yishi mumkinligiga tayyor turing. Bu unday emas», — deb yozadi Sommers.

Britaniyalikni in’eksiyaga taklif qilishdi: og‘riqsiz o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bevosita muolajadan oldin ukoldan qo‘rqish hissini yengishiga to‘g‘ri kelgan. Bunda unga millionlab insonlarga yordami tegishi mumkinligi haqidagi o‘y-fikrlar yordam bergan. Emlashdan keyin Sommersga termometrni berib, alomatlar kundaligini tutishni aytishgan.

«Eng yomon noxush ta’sir paranoyya bo‘ldi», — deydi jurnalist. Vaksinatsiyadan keyingi birinchi hafta Sommersning bir-ikki marta isitmasi chiqqan. Lekin hozir o‘zining tan olishicha, buni o‘ylab topgan ham bo‘lishi mumkin. Keyingi haftalar davomida hech qanday alomatlarni sezmagan. «Nevaralarimga odamzodni qutqargan vaksinani o‘zimda sinab ko‘rganligimni so‘zlab berishni xohlayman», — deydi Sommers. Lekin hali oldinda uni yuzlab testlar kutib turibdi. «Hatto «mening» vaksinam yordam bermasa-da, sinovda birinchilardan bo‘lib qatnashganimdan hech qachon afsuslanmayman», — deydi jurnalist.

Ma’lumki, dunyo bo‘yicha 124 ta potensial vaksinani yaratish ustida ishlar olib borilmoqda, ulardan 10 tasi klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.

Bugun, ya’ni 2 iyun kuniga kelib koronavirusga chalingan 6,4 million kishi qayd etildi, 378 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi, 2,9 million bemor to‘liq sog‘aydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi vaksinani sinab ko‘rgan jurnalist o‘zini qanday his qilganini so‘zlab berdi