13:25 / 03.06.2020
5 958

Tiriklayin ko‘milgan odam bir amallab qabrdan chiqdi

Tiriklayin ko‘milgan odam bir amallab qabrdan chiqdi
Foto: «RIA Novosti»
Hindistonning Gondal shahrida yashovchi Kapil Marakana bir amallab qabrdan chiqdi. Yovuz niyatli kimsalar uni tiriklayin ko‘mib yuborishgandi, deya xabar berdi «The Times of India» mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib.

Ta’kidlanishicha, o‘zining zarar ko‘rishlarida Kapilni ayblagan sobiq ish beruvchi sheriklari bilan birga uni o‘g‘irlab ketib, rosa kaltaklashgan. Keyin oyoq-qo‘llarini bog‘lab, tiriklayin ko‘mib yuborishgan. Shundan so‘ng jinoyat joyini tark etishgan.

«Marakana jon achchig‘ida qum ostida burala boshlagan va bir oyog‘ini chiqarib olgan. Bir qancha urinishlardan so‘ng tiriklayin ko‘milgan odam qum ostidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan», — deya ma’lumot bergan huquq-tartibot organi xodimlari.

Jabrlanuvchi yaqin orada joylashgan turmagacha yugurib borib, sodir bo‘lgan voqea haqida politsiyaga xabar bergan. Jinoyatchilar qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tiriklayin ko‘milgan odam bir amallab qabrdan chiqdi