17:39 / 03.06.2020
3 918

Qozog‘iston prezidenti: “Rossiya va Belarusning ittifoqdosh davlatiga kirmaymiz”

Qozog‘iston prezidenti: “Rossiya va Belarusning ittifoqdosh davlatiga kirmaymiz”
Rossiya va Belarus bilan yagona ittifoq tuzish Qozog‘istonning rejasida yo‘q. Bu fikrni Prezident Qasim-Jomart Toqayev Rossiyaning «Komsomolskaya pravda» gazetasiga bergan suhbatida aytib o‘tdi, deb xabar beradi Kazinform.

«Qozog‘iston Rossiya va Belarus bilan ham ikki tomonlama, ham integratsion birlashmalar (YEOII, KXSHT, MDH) doirasida faol ish olib bormoqda. Rossiya va Belarusning ittifoqdosh davlatiga kirish rejamizda yo‘q. Yuqorida qayd etilgan tashkilotlar doirasida integratsiyani yanada rivojlantirish bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi», - dedi Prezident.

Bundan tashqari, Prezident Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi iqtisodiy ittifoq sifatidagi potensialini mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
«Hamkorlikni rivojlantirish orqali biz YEOIIni umumiy miqyosda tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchlarining umumiy bozorini yaratish, a’zo davlatlarning investitsion jozibadorligini oshirish orqali samarali tuzilmaga aylantirishimiz mumkin. Bu boradagi ishlar izchil rivojlanmoqda. 2025 yilga kelib umumiy energiya va moliya bozorlari shakllantiriladi.

Xususan, raqamli hamkorlik istiqbolli yo‘nalish bo‘ladi. Ba’zan, hatto eng yuqori darajada ham, YEOIIda qizg‘in munozaralar bo‘ladi, ammo bu munozaralar ittifoqni yanada muvaffaqiyatli, obro‘li va jozibali qilish uchun umumiy istakni namoyish etadi. Darhaqiqat, beparvolik degradatsiyaning aniq belgisidir
», - dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti: “Rossiya va Belarusning ittifoqdosh davlatiga kirmaymiz”