20:15 / 03.06.2020
3 657

Sayyoradagi eng toza havoga ega hudud aniqlandi

Sayyoradagi eng toza havoga ega hudud aniqlandi
Foto: iStock
AQSHning Kolorado shtati universiteti olimlari avtsraliyalik hamkasblari bilan birgalikda sayyoradagi eng toza havoga ega hududni aniqlashdi. Ularning ta’kidlashicha, Antarktida yaqinidagi suvlarda eng toza havodan bahramand bo‘lish mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aynan shu hududda inson faoliyatining qit’alardan tarqaluvchi aerozol ifloslanish va chang ko‘rinishidagi izlari deyarli mavjud emas.

Tadqiqotchilar Tasmaniya sohillaridan Antarktida tomon suzish vaqtida havo namunalarini olib borishgan va atmosferaning quyi qatlamini ulardagi bakteriyalar bo‘yicha o‘rganishgan. Shu tariqa mikroorganizmlarning qit’alardan o‘tishi jarayoni o‘rganilgan.

Mutaxassislar Antarktika suvlari boshqa kengliklar ta’siridan yetarlicha xoli hudud ekani haqidagi xulosaga kelishgan. Olimlar bu hududni antropogen ta’sirdan xoli hudud deb topishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyoradagi eng toza havoga ega hudud aniqlandi