21:23 / 03.06.2020
2 305

JSST Rossiyani g‘alaba paradi o‘tkazishda hushyor bo‘lishga chaqirdi

JSST Rossiyani g‘alaba paradi o‘tkazishda hushyor bo‘lishga chaqirdi
Foto: TASS
G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan paradda minglab askarlar ishtirok etishidan tashqari, uni tomosha qilish uchun Qizil maydonga yuz minglab kishilar to‘planadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Rossiyani harbiy parad va konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishda tashkilotning koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalariga rioya qilishga chaqirdi.

Ommaviy tadbirlar o‘tkazishda masofa saqlash va gigiyena qoidalariga amal qilinishi lozim, dedi JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich.

Rossiyada har kuni koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 8 mingdan ortiq holat qayd etilmoqda. Shunga qaramay, Rossiya prezidentt Vladimir Putin 9 mayda bekor qilingan g‘alaba paradini 24 iyunda o‘tkazilishini e’lon qildi. G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan paradda minglab askarlar ishtirok etishidan tashqari, uni tomosha qilish uchun Qizil maydonga yuz minglab kishilar to‘planadi.

Putin shuningdek, 1 iyulni Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum kuni deb belgiladi.

Rossiyada 3 iyun kuni 8536 kishida koronavirus aniqlandi va jami kasallik yuqtirganlar soni 432 277 taga yetdi. Bundan 195 957 kishi sog‘aygan, 5215 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST Rossiyani g‘alaba paradi o‘tkazishda hushyor bo‘lishga chaqirdi