07:30 / 04.06.2020
3 109

Hindiston parlamentida mamlakat nomini o‘zgartirish muhokama qilinmoqda

Hindiston parlamentida mamlakat nomini o‘zgartirish muhokama qilinmoqda
Hindistonning qayta nomlanishi 2 iyun, seshanba kuni mamlakat Oliy sudida alohida muhokama qilindi. "Bxarat" deb nomlangan respublikaning tarafdorlari Konstitutsiyadan "Indiya" so‘zining olib tashlanishini talab qilmoqdalar.

India Today xabariga ko‘ra, mamlakatning nomi masalasi 1940 yillarning oxirida, Hindiston Britaniya boshqaruvidan mustaqillikka erishgan paytda qizg‘in muhokama qilingan. Hindiston nomi bilan ko‘pchilik mustamlaka o‘tmishining merosini ko‘rdilar. Ammo qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng mamlakatning ikkita nomi Konstituwiyaga kiritildi: Hindiston va Bharat.

Da’vogar Dehli shahrida istiqomat qiluvchi Nam, mamlakatning nomini belgilab beradigan va uning hududini belgilaydigan Konstitutsiyaning 1-moddasiga o‘zgartirish kiritishni talab qildi.

Konstitutsiyaning 1-moddasiga binoan Hindiston, ya’ni Bxarat - bu shtatlar ittifoqidir. Shikoyatchi "Indiya" nomi "qullikning ramzi" ekanligini aytadi. Shu bilan birga, u "Bharat" yoki "Hindustan" mamlakatning yagona nomi sifatida tan olishni istaydi.

Uning petitsiyasida aytilishicha, "inglizcha nomning olib tashlanishi, bu ramziy ko‘rinishga ega bo‘lsa ham, bizning millatimiz, ayniqsa kelajak avlodlar uchun g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi. Aslida, "Indiya" so‘zini "Bharat" so‘zi bilan almashtirish ota-bobolarimizning ozodlik uchun kurashganini tasdiqlaydi ".

So‘nggi o‘n yillarda Hindistonda ko‘plab shahar va shtatlar nomi o‘zgartirildi. Shunday qilib, Bombey uzoq vaqtdan beri Mumbay, Madras - Chennay, Kalkutta - Kolkata shahriga aylandi.

Hindistondan tashqarida ham mamlakat nomini o‘zgartirishga urinishlar uchrab turadi.

Masalan, o‘tgan yilning fevral oyida Filippin Prezidenti Duterte mamlakatni qayta nomlash va unga "Maharliya" deb nom berish mumkinligini aytdi. Orol respublikasi hanuzgacha Ispaniya qiroli Filipp II sharafiga nomlangan.

O‘tgan yili sobiq Yugoslaviya Makedoniya Respublikasi rasmiy ravishda "Shimoliy Makedoniya Respublikasi" deb nomlandi va Yunoniston bilan uzoq tortishuvga chek qo‘ydi. Chunki qo‘shni mamlakatning bir viloyati xuddi shu nomda atalgan edi.

2018 yilda Afrika qit’asining xaritasida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi: milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlash va qisman Shveysariya va Svazilendlarning inglizcha aytilishidagi chalkashliklarni oldini olish uchun Svazilend Esvatini Qirolligi deb nomlandi.

1989 yilda Birma Myanma deb nomlandi va bundan oldinroq, 1984 yilda Yuqori Volta - Burkina-Fasoga (bu "halol odamlarning vatani" degan ma’noni anglatadi) aylantirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston parlamentida mamlakat nomini o‘zgartirish muhokama qilinmoqda