16:23 / 04.06.2020
4 968

Bu amerikalik Islom uchun hamma narsadan voz kechdi va Alloh uni mukofotladi

Bu amerikalik Islom uchun hamma narsadan voz kechdi va Alloh uni mukofotladi
Jenic Xaff baptist ma’ruzachisi edi. Islomni qabul qilganida u hamma narsadan - oila, bolalar, ish, do‘stlardan ayrildi. Ammo Alloh unga hamma yo‘qotganlarini ajoyib tarzda qaytarib berdi, deb yozadi Milli Gazete sayti.

Jenic Xaff 1945 yilda amerikalik baptistlar oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan u faol edi, u a’lo baholarga o‘qidi, stipendiyalar oldi, o‘z biznesini yuritdi va mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Radioda jurnalist bo‘lib ishlaganida, u baptistlarning voizi va radikal feminist edi. 1975 yilda u qo‘shimcha ma’lumot olishni qaror qilganda, birinchi bo‘lib Amerikadagi kollej darslariga ro‘yxatdan o‘tish uchun kompyuter ishlatilgan.

Jenic ro‘yxatga olingan, ammo ikki hafta o‘tgach, kompyuter uni xato bilan u umuman rejalashtirmagan teatr kursiga yozib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Jenic darsga kelganida, uning kursidagi talabalarning aksariyati arablar bo‘lib, ularni u "iflos butparastlar" deb hisoblagan. Ayol hatto o‘qishni tashlamoqchi edi, lekin eri unga: "Ehtimol Xudo seni o‘sha yerga xristian dinini tarqatish uchun olib borgandir", dedi.

Jenicga bu fikr yoqdi. U o‘z kursdoshlariga masihiylikni tushuntira boshladi: "Iso sizni sevgan edi va sizni gunohlardan qutqarish uchun xochda o‘ldi". Ammo uning va’zlari muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Keyin qiz Islomni o‘rganishga qaror qildi - u arablarni baptizmga jalb qilish foydali bo‘ladi deb qaror qildi. Jenic Qur’on o‘qiy boshladi. Va u qanchalik ko‘p o‘qisa, u Qur’ondan o‘zini topgani uchun atrofdagilaridan uzoqlasha boshladi. 1977 yilda u Islomni qabul qildi va ismini Omina deb o‘zgartirdi.

Bu uning oilasi, ayniqsa otasi tomonidan keskin munosabatga sabab bo‘ldi. Onasi uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizishga urindi, otasi esa qurol olib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitdi. "Jahannamda azob chekkandan ko‘ra uni o‘ldirgan yaxshi", dedi otasi. U hijob kiyishni boshlagani uchun ishdan bo‘shatildi.

Eri Ominadan ajrashdi va uning ikki farzandi sud qarori bilan unga qoldirildi - sudya bolalarning taqdirini musulmon ayolga ishonmasligini aytdi. Unga ikki yo‘ldan birini tanlash taklif etildi: yo u Islomdan voz kechadi yoki uni bolalaridan mahrum bo‘ladi. Bu juda qiyin tanlov edi, chunki shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, u boshqa bola ko‘ra olmas edi. Omina Islomni tanladi. U o‘zining yangi hayot tarzini qabul qila olmaydigan barcha do‘stlarini yo‘qotdi.

Ammo Omina Allohga chin dildan ibodat qildi. Qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, u Qur’on va Sunnatga muvofiq yashashga qaror qildi. U imoni uchun azob chekdi, chekinmadi va bu oxir-oqibat o‘z natijasini berdi: bir muncha vaqt o‘tgach, otasi, onasi va buvisi Islomni qabul qilib, Ominani qo‘llab-quvvatlay boshladilar. U musulmonga turmushga chiqdi va o‘g‘il ko‘rdi.

Otasi bilan qolgan Aminaning o‘g‘li ham 21 yoshida musulmon bo‘ldi. Va ajrashganidan 16 yil o‘tgach, sobiq eri ham imonga keldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u shu vaqtgacha uni kuzatib kelgan va qizi ham pok dinda bo‘lishini xohlagan. U Ominaning oldiga kelib, qilgan ishi uchun uzr so‘radi.

2001 yilda Amerikada Omina Assilmining sa’y-harakatlari bilan arab husnixatida “Iyd al-Muborak” deb yozilgan pochta markasi chiqarilgan.

Omina Xalqaro Musulmon ayollarning uyushmasini tuzdi va uning prezidenti bo‘ldi, dunyo bo‘ylab ayollar orasida islomiy da’vatni tarqatdi. U butun Amerika bo‘ylab sayohat qildi, ma’ruzalar o‘qidi, shaxsiy hikoyasi yuzlab odamlarni lol qoldirdi. Uning yordami bilan musulmonlikni qabul qilish joyi va yozgi bolalar lageri bo‘lgan Musulmonlarning ahvolini o‘rganish markazi tashkil etildi.

2009 yilda Omina Assilmi dunyodagi eng nufuzli 500 musulmon ro‘yxatiga kiritilgan.
Omina Assilmi 2010 yil 5 martda o‘g‘li bilan Nyu-Yorkdan qaytayotganda avtohalokatda vafot etdi. U 65 yoshda edi.

Allohim, Islomga xolis xizmat qilgan bandang Omina Assilmidan rozi bo‘lgin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bu amerikalik Islom uchun hamma narsadan voz kechdi va Alloh uni mukofotladi