20:53 / 04.06.2020
4 431

JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz beradigan muddatni ma’lum qildi

JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz beradigan muddatni ma’lum qildi
Foto: RIA Novosti
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropadagi epidemiologik vaziyat yaxshilanganini e’tirof etdi va koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz beradigan muddatni ma’lum qildi.

JSSTning Yevropadagi mintaqaviy ofisi direktori Xans Klyugening qayd etishicha, Yevropadagi ko‘plab davlatlarda vaziyat yaxshilangan, ammo u hukumatlarni bo‘shashmaslikka chaqirdi.

«Vaziyat yaxshilanmoqda, ammo bayram qiladigan payt emas, balki tayyorgarlik ko‘radigan vaqt va biz kuzga tayyorlanishimiz kerak», — deb ta’kidladi Klyuge.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi to‘lqin sentabrda boshlanishi va mavsumiy gripp tarqalishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Klyuge ikkinchi to‘lqin vaqtida to‘xtatilmasa, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hali vaksina yaratilmagan, shuning uchun vaziyat «yil boshidagidan ko‘ra yaxshi emas».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz beradigan muddatni ma’lum qildi