06:30 / 05.06.2020
2 643

Norvegiyada ko‘chki bir nechta uyni dengizga olib ketdi (video)

Norvegiyada ko‘chki bir nechta uyni dengizga olib ketdi (video)
Norvegiya shimolidagi Alta kommunasida yuz bergan ko‘chki baliqchilar qishlog‘ini deyarli butkul yo‘q qildi. The Local nashrining xabar berishicha, ko‘chki 8 ta uyni o‘zi bilan dengizga olib ketgan. Tabiiy ofat aholi punktidagi uylarning yarmini vayron qilgan.

Ko‘chki eni 650 metrni tashkil qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Qishloqda asosan odamlar ta’tilga yoki dam olish kunlari keladigan dala hovlilar joylashgan bo‘lgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib borgan.

Guvohlardan birining ta’kidlashicha, u ovqatlanishga o‘tirganda tomda qarsillagan ovozni eshitgan, so‘ngra uzilgan simlarni ko‘rgan. Shunda u uydan yugurib chiqib, yaqin oradagi tepalikka chiqib olgan. Erkak keyinroq vertolyotda evakuatsiya qilingan.

Voqeadan keyin kommunada inqiroz shtabi tashkil etilgan. Ko‘chkiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Politsiya mahalliy avtoyo‘llar bo‘ylab harakatlanishni vaqtincha taqiqlab qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Norvegiyada ko‘chki bir nechta uyni dengizga olib ketdi (video)