21:21 / 06.06.2020
4 113

Floyd Jorj uchun oltin tobut yoxud yo‘qolgan pichoq...

Floyd Jorj uchun oltin tobut yoxud yo‘qolgan pichoq...
Chetdan qaragan odam hayrat va taajjub girdobida qolishi aniq. O‘lim haq, hech kim hech narsa deya olmaydi. Ammo uning o‘limidan keyin o‘nlab shaharlarda boshlangan to‘polonlar, aybsiz, bunga aloqasi yo‘q odamlarning do‘konlari talanib yoqilishi, yillab yig‘ilgan mol-mulkning ko‘kka sovurilishi. Va buning demokratiya eng gullab-yashnagan AQSHda sodir bo‘lishi.

Eng ajablanarlisi, Floyd Jorj 7 marta sudlangan jinoyatchi, porno aktyor, soxta pul bilan qo‘lga tushgan va giyohvand edi, endi undan avliyo yaratish kimga manfaati bor?

Floydning tobuti mahalliy universitetning majlislar zaliga qo‘yilgan. Minneapolis meri Jeykob Frey tobutga birinchilardan bo‘lib yaqinlashib tiz cho‘kib yig‘lab yubordi. Marhumni bir daqiqa sukut bilan eslash 8 daqiqa 46 soniya davom etdi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyachi Floydning bo‘ynida tizzasini aynan shuncha vaqt ushlab turgan.

Qaysi jinoyatchini shunday dafn qilishgan?
Yuqori minbarlardan Floydning taqdiri – ramz, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi afro-amerikaliklarning umumbashariy tajribasi, deyishadi.

Oq tanlilar va politsiyachilar tiz cho‘kmoqda...
Balki to‘g‘ridir, biroq bu yanada ko‘proq irqchilikka olib kelmaydimi?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floyd Jorj uchun oltin tobut yoxud yo‘qolgan pichoq...