10:30 / 07.06.2020
1 435

Fransiyadagi Versal saroyi o‘z eshiklarini ochdi

Fransiyadagi Versal saroyi o‘z eshiklarini ochdi
Foto: RIA Novosti
Kecha Fransiyadagi Versal saroyi 82 kun deganda karantindan keyin mehmonlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.
«Versal qal’asi va uning atrofidagi hudud uzoq vaqt yopilgandan so‘ng bugungi kunda o‘z eshiklarini tashrif buyuyruvchilar uchun ochdi. Saroy odatdagidek, 9:00 dan 18:00 gacha ishlashda davom etadi. Faqat tashrif buyuruvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak», – deydi kompleks vakillari Twitterdagi sahifalarida.

O‘zingizni va boshqalarni koronavirus infeksiyasidan himoya qilish uchun, albatta, niqob taqish majburiy. Kompleks hududida faqat tashrif vaqtini oldindan buyurtma qilganlar harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Majmua 13 mart kuni mamlakat Madaniyat vazirligining buyrug‘iga binoan Fransiyada ham COVID-19 tarqalishi sababli yopilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, saroy bunday uzoq vaqtga ikkinchi marta - 1939 yilda Ikkinchi Jahon urushi boshlanganida yopilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyadagi Versal saroyi o‘z eshiklarini ochdi