15:57 / 07.06.2020
4 420

Xitoy o‘z vaksinasini butun dunyo bilan bo‘lishmoqchi

Xitoy o‘z vaksinasini butun dunyo bilan bo‘lishmoqchi
Van Chjigan.
Foto: «Guoxin.com»

Xitoy hukumati mamlakat ishlab chiqarajak vaksinalarni butun dunyo bilan bo‘lishishga va’da berdi. Bu haqda «Jenmin jibao» yozyapti.
Mamlakat fan va texnika vaziri Van Chjiganning aytishicha, XXR raisi Si Szinpin 73-Sog‘liqni saqlash butunjahon assambleyasida tilga olgan barcha majburiyatlarni Pekin bajaradi.

Chjigan hozirda beshta vaksina ustida ish olib borilayotgani, ularning ayrimlari sinovdan o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
«Insoniyatning epidemiyalarga qarshi kurashish tarixi ko‘rsatyaptiki, ularga qarshi turish uchun fundamental strategiya aynan vaksinalarning ishlab chiqarilishidir. Vaksinalarni ishlab chiqarishda, keyingi bosqichlarda ham dunyo hamkorlikni kuchaytirishi lozim», — ta’kidladi Van Chjigan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy o‘z vaksinasini butun dunyo bilan bo‘lishmoqchi