16:39 / 07.06.2020
2 899

Ikkinchi jahon urushi g‘oliblari Berlinni nega okkupatsion zonalarga bo‘lib olgandi?

Ikkinchi jahon urushi g‘oliblari Berlinni nega okkupatsion zonalarga bo‘lib olgandi?
Foto: Wikipedia
1945 yil. Ikkinchi jahon urushi fashistlarning to‘la mag‘lubiyati bilan tugadi. Butun dunyo imperiyasining poytaxtiga aylanishga da’vo qilgan Berlin g‘oliblar tomonidan okkupatsion zonalarga bo‘lib olindi. Bu zonalar negizida keyinchalik ikkita – kapitalistik va sotsialistik Germaniya vujudga keldi. Germaniya tarixi va hayoti tom ma’noda ikkiga bo‘linib ketdi. «Daryo» an’anaviy tarix ruknida bu voqealar haqida so‘z yuritadi.

Ikkinchi jahon urushida mag‘lub bo‘lgan Germaniya Sovet, Amerika, Britaniya va Fransiya okkupatsion zonalariga aylandi. Sovet Ittifoqi sharqiy qismini egallagan bo‘lsa, qolgan uchta zonalar g‘arbga joylashgan edi. 1948 yil iyun oyida Sovet askarlari g‘arbiy Berlinni blokada qilishga urinadi. 24 iyunda boshlangan G‘arbiy Berlin blokadasi Sovuq urushning birinchi inqirozlaridan biri bo‘ldi.

Bu yurishning asosiy sababi g‘arbdagi uch davlat – AQSH, Angliya va Fransiya tomonidan SSSRning roziligisiz boshlangan g‘arbiy zonalarda ushbu yilning 21 iyun sanasida yangi nemis markasini joriy etgan yangi pul islohoti bo‘ldi. Ammo ularga SSSRning roziligi nega kerak bo‘lgan? Chunki Berlinning yuqori boshqaruvi organi Ittifoq komendantlari idorasida bo‘lgan, unga boshqa mamalakat vakillari ham a’zo edi.

Blokada davomida ruslar g‘arbni kundalik hayot ehtiyojlarini yetkazib berishni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, ammo bu amalga oshmadi. Shunday keyin ular «Ostmark marshi»ni boshladi. Shuningdek, Berlinga har qanday transport vositasi qatnovi to‘xtatildi. Shuning uchun ushbu hodisa «Berlin blokadasi» nomini olgan.

G‘arbiy ittifoqchilar g‘arbiy berlinliklarni oziq-ovqat va boshqa kerakli mahsulotlar bilan ta’minlash uchun katta avialaynerni amalga oshirishlari zarur edi. Bunday harakatlar qimmatga tushayotgani sababli SSSR blokadani tugatishga qaror qiladi, ammo Germaniyadagi Rossiya va g‘arbiy kuchlarni tub farqlarni yo‘qqa chiqarib ham ularni murosaga keltirib bo‘lmadi. Berlin blokadasi g‘arbiy zonalarda alohida hukumat tuzishni tezlashtirdi.

1949 yil sharqiy Berlin Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR)ning poytaxtiga aylandi, uning tarkibiga jami 11 ta okrug: Mitte, Prenslauer-Berg, Friderixsxayn, Pankov, Vazens, Xoxenshenxauzen, Lixtenberg, Marsan, Hekllersdorf, Treptov va Kyopeniklar kirar edi. Shunday qilib, G‘arbiy Berlin GDR hududi bilan o‘ralgan anklavga aylandi va u Tirgarten, Sharlottenburg, Vilmersdorf va Rayni-kendorf (fransuz okkupatsion zonasi) kabi shahar okruglarini o‘z ichiga olgan edi.

1948 yilda g‘arbiy derjavadagilar o‘zlari ishg‘ol qilgan yerlarning boshqaruvchilariga yangi Konstitutsiya yaratish va g‘arbiy Germaniya davlatini tuzishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Parlament kengashi tuzishni buyuradi. Kengashning birinchi uchrashuvi uchun joy sifatida Bonn shahri tanlandi, yig‘ilish 1948 yilning sentabrida bo‘lib o‘tdi. Bir yil o‘tib, 8 may sanasida Konstitutsiya kengash tomonidan ma’qullanib, 23 mayda Konrad Adenauer tomonidan Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil etilganini e’lon qildi.

Foto: Wikipedia
Bu hodisaga Sovet Ittifoqining javobi uzoq kuttirmadi: o‘sha yilning o‘zidayoq, 7 oktabrda sharqiy Germaniyaning vaqtinchalik parlamenti – Xalq kengashi Germaniy Demokratik Respublikasi tuzilganini e’lon qildi.

Ammo vaqt o‘tishi bilan barcha kelishuvlarni buzildi va Ittifoq hukumatidan chiqib, sharqiy Berlinni GDR poytaxti deb e’lon qildi. Har ikkala harbiy-siyosiy blok – NATO va Varshava Shartnomasi tashkiloti Germaniya masalasi bo‘yicha pozitsiyalari murosasizligini tan oldi.

Bunga javoban 1957 yilda Konrad Adenauer boshchiligidagi g‘arbiy Germaniya hukumati GDRni tan olgan har qanday mamlakat bilan diplomatik aloqalarni avtomatik ravishda uzib qo‘yishni nazarda tutuvchi «Xolshteyn doktrinasi»ni joriy qildi. 1958 yil noyabr oyida Sovet hukumati rahbari Nikita Xrushchev g‘arb hukumatini 1945 yildagi Potsdam bitimini buzganlikda aybladi va Sovet Ittifoqi tomonidan Berlindagi xalqaro maqom bekor qilinganini e’lon qildi.

Sovet hukumati g‘arbiy Berlinni «qurolsizlashgan erkin shahar»ga aylantirishni taklif qildi va boshqa g‘arbiy qismdagi boshqa davlatlardan olti oy davomida ushbu loyiha bo‘yicha muzokara olib borishni talab qilib, ushbu talablarni tarixga «Xrushchev ultimatumi» sifatida kirishiga «yordam beradi». G‘arbiy davlatlar esa bu ultimatumni rad etgan.

O‘z navbatida 1958 yilda GDR ma’murlari g‘arbiy Berlin ustidan suverenitet da’volarini «GDR hududida» degan asosda e’lon qilishdi. Bir yildan so‘ng uyushtirilgan Nikita Xrushchevning Amerika safaridan keyin sovet ultimatumi bekor qilindi, ammo shunda ham tomonlar o‘z so‘zlarida turib olishda davom etdi.

1960 yil avgust oyida GDR hukumati Germaniya fuqarolarining sharqiy Berlinga tashrifini chekladi. Bunga javoban g‘arb tomon savdo kelishuvidan voz kechdi. Uzoq va qiyin muzokaralardan so‘ng kelishuv 1961 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Ammo inqiroz bu bilan hal bo‘lmadi.

Xrushchev.
Foto: Wikipedia

1961 yil mart oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan Varshava shartnomasiga a’zo davlatlar siyosiy maslahat kengashining yig‘ilishida g‘arbiy Berlin bilan chegarani yopish g‘oyasi rad etildi. Ushbu davr mobaynida GDR ma’murlari g‘arbning tahdidlari va manevrlari mamlakat chegarasini «provokatsion» tarzda buzilishi haqida shikoyat qildi va «GFR agentlarini» o‘nlab fitnalar va o‘t qo‘yish harakatlarini uyushtirishda aybladi. Sharqiy Germaniya rahbariyati va politsiyasining katta noroziligi chegaradan o‘tayotgan odamlar oqimini nazorat qila olmaslik ortidan kelib chiqqan. Ammo GDR rahbari Uolter Uilbrix keyinchalik sotsialistik lager rahbarlarini nemislar o‘rtasida to‘siq qurish zarurligiga ishontirdi.

Shundan so‘ng vaziyat 1961 yil yozida yomonlashdi. Yetakchi Uolterning qat’iy yo‘nalishi, «Fransiyaga yetib olish va undan o‘zib ketish»ga qaratilgan iqtisodiy siyosat va ishlab chiqarish standartlarini tegishli ravishda oshirilishi, iqtisodiy qiyinchiliklar, 1957–1960 yillardagi zo‘ravonliklarni kollektivizatsiya va g‘arbiy Berlindagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat yaxshiroq bo‘lgani GDR fuqarolarini g‘arbga yo‘l olishiga sabab bo‘ldi. Ushbu vaziyat doirasida sharqiy Germaniyani 2,5–3 million fuqaro yaxshiroq imkoniyat izlab g‘arb tomon otlandi. Shunda sharqiy Germaniya rasmiylari g‘arbdagilarni va GFRni «odam savdosi», kadrlarni «jalb qilib olish» va iqtisodiy rejalarni buzishga urinishda aybladi.

Shunday qilib 1961 yil 5 avgustda GDR g‘arbiy Berlin va GFR bilan chegaralarni yopishga ruxsat olgach, bir hafta o‘tib Berlin devorini qurishni boshlaydi. Dastlab, GDR qurolli kuchlari 46 km uzunlikdagi tikonli simlarni yig‘ib oladi, keyinchalik ular devor qurishni boshlaydi. Bir oy o‘tib uning uzunligi allaqachon uch kilometri qurib bitkazilgandi. Devor «antifashistik himoya devori» («Antifaschistishe Schutzwall») nomini olgan. Qurilish davomida g‘arb va sharqni bog‘lovchi shahar aloqa tizimi, metro liniyalari va boshqa turdagi transport vositalari harakatlari to‘xtatilgan.

Mirjalol Qosimov tayyorladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikkinchi jahon urushi g‘oliblari Berlinni nega okkupatsion zonalarga bo‘lib olgandi?