22:50 / 07.06.2020
2 565

COVID-19’dan vafot etganlar soni dunyo miqyosida 400 ming nafardan oshib ketdi

COVID-19’dan vafot etganlar soni dunyo miqyosida 400 ming nafardan oshib ketdi
Foto: Getty Images
AQSHning Jons Hopkins universiteti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 400 ming nafardan oshib ketgan. Worldometer portalida e’lon qilingan statistika bo‘yicha esa jahonda jami 402,5 mingta o‘lim holatiga koronavirus tufayli kelib chiqqan kasallik sabab bo‘lgan.

AQSH hali ham COVID-19 sabab yuz bergan o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib qolmoqda, mamlakatda 109,8 ming nafar bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (29,1 mingta o‘lim holati), Braziliya (35,9 mingta), Italiya (33,8 mingta), Fransiya (29,1 mingta) bormoqda. Rossiyada 5,8 ming nafar kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan va mamlakat bu borada 14-o‘rinni egallamoqda.

Butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlarning umumiy soni 6,9 milliondan oshib ketgan. Kasallanishlar soni bo‘yicha ham AQSH yetakchilik qilmoqda, bu yerda 1,9 million nafar odam koronavirusga chalingan. Kuchli uchlikka Braziliya (672,8 ming nafar) va Rossiya (467 ming nafar) kirgan.

May oyida Financial Times va New York Times gazetalari Rossiyada o‘lim ko‘rsatkichining kamligiga e’tibor qaratgan. Ularda mamlakat hukumatining rasmiy statistikani taqdim qilgan vaqtida o‘lim holatlari sonini sun’iy kamaytirib ko‘rsatayotgani taxmin qilingan. Ammo JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich bu kabi salbiy holatlar hali uchramaganini qayd etgan. Rossiyaning AQSHdagi va Buyuk Britaniyadagi elchixonalari ikkala gazetaning tahririyatlaridan ushbu materiallar bo‘yicha raddiya berishni talab qilgan, «Roskomnadzor» bu borada tekshiruv boshlagan.

29 mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan oshganini ma’lum qilgan. 26 may kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5,5 milliondan oshgani, 21 mayda kasallanganlarning soni dunyo bo‘yicha 5 milliongan ortib ketgani, 31 mayda esa yer yuzida COVID-19 bilan kasallanganlar soni 6 milliondan oshib ketgani xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » COVID-19’dan vafot etganlar soni dunyo miqyosida 400 ming nafardan oshib ketdi