06:30 / 08.06.2020
2 634

Yevropa va Yaponiyada irqchilikka qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi

Yevropa va Yaponiyada irqchilikka qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi
7 iyunda Yaponiyada va Yevropaning bir nechta davlatlari, jumladan Ispaniya, Italiya, Belgiya, Shvetsiyada irqchilikka qarshi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu namoyishlar AQSHda politsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida qora tanli Jorj Floyd halok bo‘lgani bilan bog‘liq holda o‘tkazilmoqda.

Ispaniyada eng yirik namoyish poytaxt Madridda o‘tgan. Bu yerda AQSH elchixonasi yonida bir necha o‘n ming kishi to‘plangan. Namoyishchilardan ko‘pida “Men bo‘g‘ilyapman” degan yozuvli plakatlar bo‘lgan. Floyd qo‘lga olinish vaqtida politsiyachilardan biri uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turganda aynan shu so‘zlarni aytgan edi. Namoyishchilar Ispaniya hukumatini irqchilikka qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirishgan. Shuningdek, qirollikning boshqa shaharlari – Barselona, Lerid, Sevilya, Valensiya, Bilbaoda ham namoyishlar o‘tkazilgan.

Shuningdek, Italiyada ham ko‘p ming kishilik namoyishlar o‘tkazilgan. Jumladan, poytaxt Rim ko‘chalariga minglab kishilar chiqqan. Belgiyada Bryussel markazidagi adolat saroyi yaqinida minglab namoyishchilar to‘plangan. Hukumat namoyishchilar bilan pandemiya sharoitida hech qanday yurishlarsiz, bir joyda o‘tkaziladigan namoyish bo‘yicha kelishib olgan. Namoyishchilardan o‘zaro masofa saqlash so‘ralgan.

Shuningdek, Shvetsiyada navbatdagi namoyish bo‘lib o‘tdi. Gyoteborg ko‘chalariga 2 mingga yaqin kishi chiqqan. Avvalroq shunday namoyishlar Stokholm va Malmyoda bo‘lib o‘tgandi.

Yaponiyaning Osaka shahrida Black Lives Matter (Qora tanlilar hayoti muhim) qo‘llab-quvvatloviga osoyishta marsh o‘tgan. Unda 3 minggacha namoyishchi ishtirok etgan.

Xuddi shunday aksiyalar 6 iyunda Germaniya, Britaniya va Fransiyada bo‘lib o‘tgandi. Berlindagi namoyishlar vaqtida 30 ga yaqin politsiyachi jarohat olgan, 90 dan ko‘proq namoyishchi hibsga olingan. Londonda esa namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 20 ga yaqin politsiyachi jabrlangan.

Fransiyaning Marselida namoyishchilar politsiyachilarga qarata shisha idishlar va toshlar uloqtirishgan. Politsiya bunga javoban ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llagan. Parijdagi namoyishlar esa jiddiy hodisalarsiz o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa va Yaponiyada irqchilikka qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi