09:30 / 08.06.2020
2 366

Koronavirus pandemiyasi vaqtida sayohatlar uchun eng maqbul davlatlar ma’lum qilindi

Koronavirus pandemiyasi vaqtida sayohatlar uchun eng maqbul davlatlar ma’lum qilindi
Foto: Global Look Press/Michael Nitzschke
Internetda koronavirus pandemiyasi vaqtida sayohatlar uchun eng maqbul davlatlar ro‘yxati paydo bo‘ldi.

The Sun nashrining ma’lum qilishicha, ushbu davlatlarda koronavirusga chalinish darajasi juda past. Jumladan, ro‘yxatdan o‘rin olgan Barbadosda bor-yo‘g‘i 92 kishida koronavirus aniqlangan. Shuningdek, ro‘yxatga Bagam orollari (102 ta kasallanish), Men oroli (336 ta), Normand orollari (561 ta), Malta (625 ta) va Kipr (958 ta) kiritilgan.

Nashrda ta’kidlanishicha, ushbu davlatlar koronavirus tarqalishiga qarshi tezkorlik bilan cheklovlar kiritish va ularga amal qilinishi ortidan qat’iy nazorat o‘rnatish evaziga virusga chalinish bo‘yicha past ko‘rsatkichlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinish holatlari 7 mlndan oshib ketdi, undan 406 mingdan ko‘proq odam vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus pandemiyasi vaqtida sayohatlar uchun eng maqbul davlatlar ma’lum qilindi