08:00 / 09.06.2020
2 620

JSST dunyoda koronavirus bo‘yicha umumiy vaziyat yomonlashganini ma’lum qildi

JSST dunyoda koronavirus bo‘yicha umumiy vaziyat yomonlashganini ma’lum qildi
Foto: EPA/UPG
JSSTda ta’kidlanishicha, Yevropada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgan bir paytda, Markaziy Amerikada pandemiya hali eng yuqori darajaga chiqmagan.

Yevropada pandemiya barham topishga qarab ketmoqda, biroq dunyo miqyosida vaziyat yomonlashmoqda. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.

So‘nggi kunda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 136 mingdan ko‘proqni tashkil qildi.

“Kecha qayd qilingan holatlardan deyarli 75 foizi o‘nta davlat, asosan Amerika va Janubiy Osiyodagi davlatlarga taalluqli bo‘lgan”, deb aytgan Gebreyesus va barcha davlatlarni koronavirusga qarshi kurashda “oyoqni tezlik tepkisidan olmaslikka” chaqirgan.

U, shuningdek, JSST 9 iyunda koronavirusga chalinganlarning sog‘lom kishilar bilan aloqalarini kuzatish muammolari bo‘yicha onlayn-maslahatlashuv chaqirtirganini ma’lum qilgan. Unda, jumladan, nazorat qilishning raqamli vositalarini qo‘llash tajribasi muhokama qilinadi.

Avvalroq JSST koronavirus borasida xom xayollarga berilmaslikka chaqirgan va u hamon o‘ta yuqumli “virus-qotil” bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, JSSTda pandemiyaning ikkinchi to‘lqinidan qochish mumkinligi, biroq tegishli choralar ko‘rilmasa, ushbu to‘lqin jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST dunyoda koronavirus bo‘yicha umumiy vaziyat yomonlashganini ma’lum qildi