13:50 / 10.06.2020
5 452

Koronavirusni tan olmagan Burundi prezidenti vafot etdi

Koronavirusni tan olmagan Burundi prezidenti vafot etdi
Foto: AP Photo
Koronavirus tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilishni rad etgan Afrikaning Burundi davlati prezidenti Per Nkurunziza vafot etdi. Bu haqda hukumatning Twitter’dagi sahifasi orqali rasman ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, prezident Nkurunziza 8 iyul kuni yurak to‘xtab qolishi oqibatida vafot etgan. Mahalliy OAV esa prezident va uning rafiqasi COVID-19 bilan kasalxonaga tushib qolganini yozgan.

«Burundi hukumati chuqur qayg‘u bilan janobi oliylari, respublika prezidenti Per Nkurunziza 8 iyun kuni yurak to‘xtab qolishi oqibatida kutilmaganda vafot etganini ma’lum qiladi», — deyiladi xabarda.

May oyining oxirlarida davlat rahbarining turmush o‘rtog‘i Deniz Nkurunziza Keniyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlikda gumonlanib, shifoxonaga yotqizilgan edi.

20 may kuni Burundida prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, saylovoldi kampaniyalari vaqtida aholi joylarda to‘plangani sabab virus keng tarqalgan bo‘lishi mumkin. Hukumat koronavirusning xavfi haqida ommaviy targ‘ibot-tashviqot kampaniyalarini o‘tkazmagan: Nkurunziza pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmagan.

Prezidentlik saylovlarida Nkurunziza tomonidan qo‘llab-quvvatlangan nomzod Evarist Ndayishimiye g‘alaba qozongandi. Prezidentlik muddati avgust oyida tugashi kerak edi.

Avvalroq JSST vakili Afrikada koronavirus bilan vaziyat yomonlashayotganini ma’lum qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 21 aprelda Afrika qit’asida koronavirusga chalinganlar soni 22,5 ming nafardan ko‘proq ekani, keyinchalik oradan bir oy o‘tib, 21 mayda koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 3 baravarga ortib 95 ming kishidan oshgani va 100 mingga yaqinlashgani xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusni tan olmagan Burundi prezidenti vafot etdi