10:52 / 11.06.2020
2 727

Johnson & Johnson koronavirusdan vaksinani odamlarda sinashni boshlaydi

Johnson & Johnson koronavirusdan vaksinani odamlarda sinashni boshlaydi
AQSHning farmatsevtik vositalar ishlab chiqaruvchi Johnson & Johnson kompaniyasi iyulning ikkinchi yarmida koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda klinik sinovdan o‘tkazishni boshlaydi.

Kompaniya rahbari Pol Stoffelsning aytishicha, bu vaksinani ishlab chiqarishni tezlashtiradi.

Sinovlarni AQSH va Belgiyadagi 1045 ko‘ngillida boshlash rejalashtirilmoqda. Vaksina kompaniyaga qarashli Janssen Pharmaceutical Companies tomonidan ishlab chiqilgan.

10 may kuni Pol Stoffels kompaniya 2021 yilgacha koronavirusga qarshi 1 mlrd doza vaksina olishni mo‘ljallayotganini aytgan. O‘shanda klinik sinovlar sentabrda o‘tkazilishi va vaksinani ommaviy ishlab chiqarish dekabrda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp AQSHda koronavirusga qarshi 8 ta vaksina ustida ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgan.

JSSTning xabar berishicha, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qarshi 100 dan ko‘proq vaksina ustida ish olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Johnson & Johnson koronavirusdan vaksinani odamlarda sinashni boshlaydi