11:16 / 11.06.2020
3 270

Koronavirus: Hindiston 5-o‘ringa ko‘tarildi

Koronavirus: Hindiston 5-o‘ringa ko‘tarildi
Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni bir kecha-kunduzda 9,9 mingtaga ko‘payib, jami 286 579 kishini tashkil etmoqda, deya ma’lumot berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston kasallanganlar soni bo‘yicha Italiya va Ispaniyani ortda qoldirib, dunyoda beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Chorshanba kuni 276 583 kishi (bir kecha-kunduzda 9,9 ming kishiga ko‘paygan), undan oldingi kuni 266 598 kishi (bir kecha-kunduzda yana 9,9 ming kishiga ko‘paygan) virusni yuqtirganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

«RIA Novosti»ning yozishicha, mamlakatda 137 448 kishi davolanmoqda, 141 028 kishi (bir kunda 5823 kishi) tuzalgan, 8102 nafari (bir kunda 357 kishi) vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus: Hindiston 5-o‘ringa ko‘tarildi