06:00 / 12.06.2020
2 656

Bayden Trampni kuch bilan chetlatishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytdi

Bayden Trampni kuch bilan chetlatishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytdi
Foto: AP
Oq uy matbuot kotibi Keyli Makenani AQSHning sobiq vitse-prezidenti, navbatdagi prezident saylovlariga nomzod Jo Baydenning AQSH prezidenti Donald Tramp saylovlarda g‘alabani o‘g‘irlashga harakat qilishi va shu sababli uni lavozimidan kuch bilan chetlatishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi haqidagi taxminini bema’ni deb atadi.

“Matbuot kotibi Jo Baydenning “bema’ni taxminlari”ni rad etdi”, deb yozgan CBS News telekanali jurnalisti Mark Noller.
Uning ta’kidlashicha, Oq uy matbuot kotibi Tramp “saylovlarni sabrsizlik bilan kutayotganini” va demokratlarni fitnalar nazariyasini ilgari surishni bas qilishga chaqirganini aytgan.

The Hill nashrining xabar berishicha, 10 iyunda Demokratlar partiyasidan prezident lavozimiga nomzod Jo Bayden demokratlar nomzodi saylovlarda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, Trampni Oq uydan kuch bilan olib chiqishga to‘g‘ri kelishiga ishonchi komilligini aytgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden Trampning AQSHdagi namoyishlarga javob choralari borasida tanqidiy fikrlar bildirgan bir qator sobiq yuqori lavozimli harbiylarni sanab o‘tgan. Bayden bu shaxslarning e’tirozlarini Tramp saylovlar natijalarini qabul qilmasa, unda harbiylar vaziyatga aralashishlarining isboti sifatida keltirib o‘tgan.

Men va’da beraman, mening ishonchim komil, ular uni [Trampni] Oq uydan tezda olib chiqishadi”, deb aytgan Bayden.

Bundan tashqari, sobiq vitse-prezident Tramp noyabrda o‘tadigan prezident saylovlarida “g‘alaba”ni o‘g‘irlashga harakat qilishini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Trampning ovoz berishni koronavirus pandemiyasi sababli pochta orqali o‘tkazilishiga qarshilik qilayotgani ovoz berish huquqini bostirishga qaratilgan urinishlarining bir qismi hisoblanadi.

Bu meni tashvishlantirayotgan yagona narsa. Ushbu prezident saylovlarda g‘alabani o‘g‘irlashga urinishni amalga oshirmoqchi”, deb ta’kidlab o‘tgan Bayden.

The Hill nashrining ta’kidlashicha, pandemiya sababli ko‘plab shtatlar saylov uchastkalari to‘lib-toshishidan qochish maqsadida ovoz berishni pochta orqali o‘tkazish variantini ko‘rib chiqishgan. Tramp shtatlarning bu qarorini tanqid qilib, bunday ovoz berish firibgarlik ehtimolini oshirishini aytgan.

Joriy hafta boshida Tramp saylovoldi shtabi CNN telekanaliga Bayden Trampni prezident lavozimiga nomzodlar qo‘llab-quvvatlanishi reytingida 14 foizga ortda qoldirayotganini ko‘rsatgan so‘rovnomani ortga chaqirtirish talabi bilan maktub yo‘llagan.

Bu nayrang va soxta so‘rovnoma. U prezident tarafdorlarida qiziqish va ishtiyoqni bo‘g‘ishga va Amerikada prezidentning qo‘llab-quvvatlanishi borasida yolg‘on tasavvurni namoyish qilishga qaratilgan”, deyilgan maktubda.

Tramp saylovoldi shtabi ushbu so‘rovnomaga raddiya berishni va uzr so‘rashni talab qilgan. CNN o‘z navbatida ushbu talabni bajarishni rad etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Trampni kuch bilan chetlatishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytdi